Mo'min Mirzo, emlatmaslik uchun okean ortiga borishingizga to'g'ri keladi, lekin u u ayolning ham xotiri jam bo'lganligi ayta olmayman.
Chunki bir ona sifatida shuni aytishim mumkin ki, joningizdan aziz farzandingizni sog'lig'i hususida notog'ri qaror berish umr bo'yi vijdon azobiga sabab bo'ladi...
Aytdimku yuqorida o'zimni o'zim yeb qo'ydim:(
Kapalak opa, agar o'sha muslima opamiz inson anatomiyasini, begona moddalarning organizmga ta'sirlarini, mizojni, ximik dorilarning zararlarini yaxshi tushunsa, umuman havotir olmaydi, ishonavering.
Agar shunchaki internetdagi ba'zi vaktsinalarga qarshi ma'lumotlarni o'qib vahimaga tushib, so'ng farzandini bunday emlovlardan saqlab yurgan bo'lsa, mana shunda ko'ngli hech hotirjam bo'lmasligi aniq, chunki bu yerda o'zi ham aniq bilmaydi.
Biz minayotgan mashinamizning qurilmalarini yaxshi bilamiz, o'zimiz yashayotgan uyni nimalardan qilinganini, nimalar nimalardan zaiflashishini yaxshi bilamiz. Lekin ajabki o'z tanamizni umuman bilmaymiz, tanamizga nimalar to'g'ri kelmasligini, tanamiz qay vaqtda bezovtalanib isitma chiqarib yuborishini, qay vaqtda og'riq berib qolishini, qay vaqtda ko'ngil g'ashlanib qolishini bilmaymiz, buni o'ylab ham ko'rmaymiz.
Aslida bularning hammasi o'z aybimiz, bo'lar bo'lmas taomlar iste'mol qilishimiz, bo'lar bo'lmas tabletkalar yutishimiz, bo'lar bo'lmas kasallik oldini olish uchun allaqanday o'ylab topilgan vaktsinalar qabul qilishimiz, bolalarimizni o'rab chirmab, shahzodalarday yasatib erkin yurishiga yo'l qo'ymasligimiz, kam harakatlik va boshqa ko'plab nojo'ya ishlarimiz bilan o'zimizni kemiramiz.
Men vaktsinalarni qoralab yozilgan saytlardagi ma'lumotlarni, jumladan yuqorida keltirilgan uzun ma'lumotni ham o'qimadim, bularni o'qishga o'zimda hojat ham sezmayman.
Men odamlarga har qanday emlovlar zararli ekanligini isbotlab berishim mumkin, lekin bu ishim shamolga gapirganday foydasiz. Bu huddi ochlikka ham o'xshaydi, ochlik haqida har qancha gapirsak ham hech kim quloq osmaydi, hamma oddiy usul deb shprits orqali "davolanish" bilan o'zlarini aldaydi.
Assalomu alaykum!
Va alaykum assalom.
Avvalo "vaksina o'zi nima?" degan savolga biroz to'htalsak. Oddiy til bilan, qisqacha qilib aytganda vaksina - o'sha kasallik virusining ko'paya olmaydigan (bichilgan) ko'rinishi. U odam organizmiga tushganidan keyin huddi o'sha virusday ta'sir ko'rsatadi. Organizm esa bunga qarshi immunitet tizimini ishlab chiqadi va bu virusni yo'q qiladi. Bu jarayonda isitma ham chiqishi mumkin. Ko'payish hususiyati bo'lmaganligi sababli viruslar organizmda qolmaydi. Bu o'sha biz aytayotgan VAKSINAdir. Natija nima? Natijada organizmimiz bunday virusga qarshi kelajakda mustahkam himoya tizimiga ega bo'ladi.
Emlatmasakchi? Emlatmasak, yoshimiz yigirma-yigirma beshga borganida shunday virus yuqsa, Hudo ko'rsatmasin, bu organizm uchun yangilik bo'ladi. Bu virus haqida organizmda ma'lumot yo'q. Unga qarshi himoyalanish uchun immunitet ishga tushadi, ammo virus ko'payuvchan(!), juda tez ko'payuvchan. Endi kurashish qiyin kechadi, yana antibiotiklar yordamida.
Meditsinada shunday yo'l bilan tushuntirishadi. Fikrlaringizda ko'plab hatolar bor. Emlatish va antibiotiklarni bir yoqqa qo'yib turib, tanamiz, mizojimiz, tanamizga nimalar to'g'ri kelmasligi, qay vaqtda organizm viruslarga qarshi kurashuvda zaif bo'lib qolishi, organizmni qanday tozalash haqida bilim olsak, barchasi quruq gap ekanligini tez va oson tushunib yetamiz.
Ilgari odamlar qanchalik sog'lom bo'lishgan? Bizdan ko'ra yaxshiroqmi? Bu fikrga qo'shilaman, ular sog'lom bo'lishgan bizdan ko'ra. Sababini ham aytay endi:
Sog'lomliklariga sabab yana o'sha immunitet tizimi. Ular o'spirinlik yoshiga yetgunaricha kasallikka qarshi kurash mexanizmi mukammal shakllanib borgan.
Sog'lom ekanliklariga sabablar ko'p edi, bizdan ancha farq qiladi.
1. Jismoniy harakat. U vaqtlarda mashinalar yo'q edi, odamlar asosan piyoda, otda, eshakda, tuyada yurardilar. Bu esa arteriyani yosh saqlaydi. Bizning davrga kelib esa yurish bu sport turiga aylandi.
2. Toza havo. U davrlarda bog'-rog'lar, soyu-ariqlar ko'p bo'lgan.
3. Tabiiy yeguliklar va sog'lom ovqatlanish. U vaqtlarda to'kin sochinlik, ovqat ustiga ovqat yeyish yo'q edi. Yeydigan taomlari ham o'zlari sarflaydigan energiyasiga mos bo'lgan.
Endi o'ylab ko'raylik, biz har kuni bo'lmasayam ikki-uch kunda bir yeydigan osh, dimlama, somsa, honim, yog'li taomlar o'zimiz sarflayotgan energiyamizga mosmi? Albatta yo'q, chunki biz mashinada o'tirib masofani bosib o'tamiz, bor ishimizni kompyuterda qilamiz, dehqonlarimiz ham yumushlarini traktor zimmasiga yuklab o'zlari traktor ichida o'tirib qadimgi raislarday qorin qo'yib olganlar.
Mazhabboshimiz imom Abu Hanifa r.a. kunda 1-2 turshakni so'rib kifoyalanib ilm bilan mashg'ul bo'lgan ekanlar, buyuk xakim ibn Sino ham shundoq bo'lgan.
Hozir biz yeyayotgan milliy taomlarimiz ota-bobolarimizga ziyon bermaganligiga sabab shu, ular yeganiga yarasha mehnat qilib o'tganlar.
Akam qizamiqqa qarshi vaksina olmagan ekan, bir oychami qizamiqdan aziyat chekib, axiyri yengib ötibdilar, lekin közlarida asorati qolgan hoziram. Zrenielari pastroq. Öylab qarasam, immunitetni chiniqtirish ham kerakli usul ekan...
Men ham chalinmaganman, akam esa chalingan. Bolalari ham chalindi, vaholanki barchasi o’sha qizamiqqa qarshi emlov olgandan ikki haftacha o’tib boshlangan. Jiyanlarimdan mahalla bolalariga ham, qarindoshlarga ham o’tdi. Barchasi emlov olishgan edi.
Men jiyanlarimni juda yoqtiraman, ular bilan yotmoqchi bo’lganimda kattalar qarshilik ko’rsatishgan edi, "œsen qizamiqqa chalinmagansan, kasallik yuqadi, har kimga tegib o’tadigan kasallik bu" deb. Men "œmenga kasallik yuqmaydi
"œ deb bilganimdan qolmay qaytgunimga qadar har kuni birga yotavergandim, kunduzlari ko’tarib yurardim. Bularni atay qilardim, odamlar ko’rsin, sog’lom ovqatlanishning foydalarini deb.