Ona-mingga kirsa ham kasal bo'lsa ham ona ekan...
O'g'lim bilan marketga u bu olgani borgandik. Boshda aravachasida tinchgina turdi lekin qaytishda injiqlik qildi, bir qo'limda Abdulaziz Ensarni ko'tarib, bir qo'limda esa aravachani sura boshladim. Yo'lda bizdan 20 metrcha oldinda bir onaxonni ko'rdim, qo'lidagi sumkachasini sirtiga tashlab olgan, egilib yurardi. Birdan horib betonga o'tirdi. Men tezroq borib, qo'lidan sumkasini olay, aravaga solaman, hech bo'lmasa ozgina yordam berarman, deb o'ylab, tezlashdim. Yaqinlashib: "Xolajon charchadingizmi", dedim. "Ha bolam, dedi, qarichilik". Birdan ko'zi Ensarga tushdi, horg'inligi ham esidan chiqib, bolani quchog'iga oldi. Nursiz ko'zi bilan bolamga qarab uni suya boshladi. Mashalloh, Subhanalloh, qizmi:) Yo'q, dedim o'g'il:)
Mehr va duo bilan o'pdilar. Xola, dedim sumkangizni bering, aravaga qo'yay, ozgina yengillik bo'lsin. Yo'q bolam, sen aravangni menga ber, sen bolangni belidan ushla, birdan o'zini otmasin, Xudo saqlasin...
Xola 72 yoshda ekanlar...Yo'llarimiz ayriladigan joygacha aravachani olib kelib, ehtiyot bo'lib o'tinglar yo'ldan deb takror takror uqtirdilar...
G'alati bo'lib ketdim, ko'zlarim to'ldi...