Voyy uzr, Yurist meni qarindoshim edi
Hadijabonu- mavzu shartiga ko'ra
Faqat hayotda tanigan insonlar bo'lsa, ularning yozgan postlari qabul qilinmaydi.Men forumdan hali hech kimni hayotda ko'rmadim...
Men Yuristni 3 oydan beri taniyman, chunki 3 oy oldin a'zo bo'ldim forumga
Undan oldin bu dunyoda Hushnud degan bola borligini hech bilmasdim
Butun ma'lumotlarni ularni postlaridan olganman. O'qiganlarim esimda qolaveradi-da qurib ketmagur
Shu o'rinda bir narsa esimga tushib ketdi. "Mir Foto"da ishlar ekanmiz, "Mir Foto" klubi tashkil qildik. Bizda rasm chiqarib, foto xizmatlaridan doimiy shaklda foydalanadigan insonlarga a'zolik kartochkalari berdik. Bu kartochka butun xizmatlardan 10 % skidka imtiyozi berardi....Mashhur insonlar ham anchagina edi. (Tohir Sodiqov, Ozobdek Nazarbekov va G'iyos Boytoyev esimga kelganlari)
Hullas klub a'zolari soni 1000 dan oshdi. Men a'zolardan ko'pini familya isimlarini eslab qolardim. Uzoqdan kelishlari bilan familyalari bilan : "Falonchi xush keldingiz", derdim. Ko'pchilik bizni uzoqdan tanib isim-familyamizni aytib turadigan uskuna bor, deb o'ylarkan
Allohga shukr shunday hofiza berganligi uchun....
Uzr, postimga ochiqlik keltirishga tog'ri keldi, qolganlar ham shunday deb o'ylamasin, dedim-daaa
Yurist ukam, uzr hamma ma'lumotlaringizni ochiqdan ochiq bervordim, nima qilay, hammasi postlaringizda yozilgan edi