* * *
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytdilarki: «Menga sizlarning dunyolaringizdan uch narsa ma’qul ko‘rildi:
Yaxshilik;
Soliha ayol;
Namoz».
Izoh:
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam Alloh yo‘lida yaxshi amallar qilishni, hamisha ezgulikka intilishni, musulmon birodariga har ishda ko‘makdosh bo‘lishni mo‘minlarning eng asosiy vazifalaridan hisoblaganlar.
Ayollar insoniyat naslining, millatning davomchilari, ro‘zg‘orning posboni, oila farog‘atining xazinachisi, farzandlarning bardoshli murabbiysi sanalgan. Va Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam onalarni, soliha va mo‘mina ayollarni hamisha ardoqlashni buyurganlar.
Payambarimiz sollallohu alayhi vasallam namozni - ibodatlarning onasi, din ustuni, itoatning asosi va gunohlardan forig‘ etuvchi amal, deb bilganlar. Namoz o‘qiganda ko‘zlari quvonchdan porlagan, yuzlari xushnudlikdan munavvar bo‘lgan.