Assalomu alaykum!
MaxCmd, tashakkur. Xayrli ishlaringizda Allohdan madad so'rayman.
Judayam muhim mavzuni ko'taribsiz.
Forumchilarimiz bu muammoga ham jiddiy e'tibor qaratadilar degan umiddaman.
Kecha men ham
Forumdoshlar taklifi va tanqidi mavzusida forumning hozirgi holati haqida ba'zi fikr va tanqidlarimni bayon qilgandim.
Inshaalloh, qilinayotgan hayrli amallar samarasini berajak.
Rukhiya, taklifingiz va xizmatingiz uchun tashakkur. Alloh rozi bo'lsin!
Menga PM orqali keraksiz va bartaraf etilishi zarur bo'lgan mavzular ro'yxatini bersangiz (agar erinmasangiz har bir bo'limni qarab chiqing). Men ularni ko'rib chiqib, siz aytgandek, ham muxlislarimizni xafa qilmaydigan tarzda bartaraf qilaman.
Mandan oldingi odam! Forumchilarga ta'rif mavzusi haqidagi taklifingizga men ham qo'shilaman. Agar forumchilar ham rozi bo'lsalar, bu mavzuni yopishimiz mumkin bo'ladi. Qilayotgan hayrli amallaringizda Allohdan matonat, rahmat so'rab qolaman.