TAROVEH NAMOZINING FAZILATI
Tarovih namozininng fazilatlari haqida xazrati Ali (r.a) dan
so’raganlarida, ul janob shunday debdurlar:
"œPayg’ambar (s.a.v.) dan mohi ramazonda tarovih o’qimoq
fazilatlari haqida so’radilar. Rasuli Akram (s.a.v.) shunday
javob berdilar:
Birinchi kechada tarovih o’qigan mo’min onasi tuqqan
kundagidek gunohdan chiqqay.
Ikkinchi kechada tarovihni o’qisa, agar ota-onasi musulmon
bo’lsa, Alloh taolo ularning gunohlarini mag’firat qilur.
Uchinchi kechada tarovih o’qisalar, bir farishta: "œXolis
qilg’il amalni, Alloh taolo mag’firat qildi",- deb ovoz
qilgay, yani Alloh taolo ilgarigi gunohlaringni kechdi,
deb ovoz qilur.
To’rtinchi kechada tarovih o’qisa, Tavrot, Injil, Zabur va
Qur’onning savobini topgaylar.
Beshinchi kechada tarovih o’qisa, Alloh taolo xonai
Kabaning ichida, Madinai Munavvaraning masjidida va
Masjidi Aqsoda namoz o’qigandek savob bergay.
Oltinchi kechada tarovih o’qisa, Baytu-l Ma’murni tavof
Qilgan kishining savobini bergay va toshlaru qumlarning
hammasi uning uchun istig’for aytgay.
Ettinchi kechada tarovih o’qisa, go’yoki u Muso (a.s.) ni
topibdi va Muso (a.s.)ga Fir’avn va Xomonga qarshi
yordam qilibdi.
Sakkizinchi kechada tarovih o’qisa, Alloh taolo Ibrohim
(a.s.) bergandek savob bergay.
To’qqizinchi kechada tarovih o’qisa, go’yoki Alloh taologa
Payg’ambar (a.s.)ning qilgan ibodatlaridek ibodat qilibdur.
O’ninchi kechada tarovih o’qisa, Alloh taolo unga dunyo
va ohiratning yaxshiligini nasib qilgay.
O’n birinchi kechada tarovih o’qisa, dunyodan onasining
qornidan yangi tug’ulgandek bo’lib chiqqay.
O’n ikkinchi kechada tarovih o’qisa, qiyomat kunida yuzi
o’n to’rt kunlik oydek bo’lib kelgay.
O’n uchinchi kechada tarovih o’qisa, qiyomat kunida barcha
yomonliklardan salomat bo’lgay.
O’n to’rtinchi kechada tarovih o’qisa, Farishtalar kelib,
bul kishi tarovih namozini o’qigan, deb unga guvohlik
bergay. Bas, Alloh taolo ro’zi qiyomatda hisob qilmagay.
O’n beshinchi kechada tarovih o’qisa, barcha farishtalar,
shu jumladan, Arshu Kursiyni ko’targan farishtalar xam
ul kishiga salovat yuborgaylar.
O’n oltinchi kechada tarovih o’qisa, Alloh taolo otashi
do’zaxdan xalos topmog’i va jannatga kirmog’iga
xukm qilgay.
O’n ettinchi kechada tarovih o’qisa, unga Payg’ambarlarning
savobidek savob berilur.
O’n sakkizinchi kechada tarovih o’qisa, ey, Bandai Xudo,
Alloh taolo sendan albatta hushnuddir va sening ota-onangdan
xam rozidur, deb bir farishta ovoz qilur.
O’n to’qqizinchi kechada tarovih o’qisa, Alloh taolo
jannatu-l-Firdavsda martabalarini baland qilur.
Yigirmanchi kechada tarovih o’qisa, shahid va solih
kishilarning savobi berilur.
Yigirma birinchi kechada tarovih o’qisa, Alloh taolo ul
kishiga jannat ichida nurdan bir bino barpo qilur.
Yigirma ikkinchi kechada tarovih o’qisa, qiyomat kuni
barcha g’am- anduhlardan omon bo’lgan holda kelur.
Yigirma uchunchi kechada tarovih o’qisa, Alloh taolo
Jannatda ul kishiga bir shaxar bino qilur.
Yigirma to’rtinchi kechada tarovih o’qisa, yigirma to’rt
Duosi qabul bo’lur.
Yigirma beshinchi kechada tarovih o’qisa, Alloh taolo ul
Kishidan go’r azobini ko’targay.
Yigirma oltinchi kechada tarovih o’qisa, Alloh taolo ul
Kishiga qirq yillik savobni ato qilgay.
Yigirma ettinchi kechada tarovih o’qisa, sirot ko’prigidan
Yashindek o’tgay.
Yigirma sakkizinchi kechada tarovih o’qisa, Alloh taolo
Jannatta uning darajasi baland qilur.
Yigirma to’qqizinchi kechada tarovih o’qisa, Alloh taolo:
"œEy bandam, jannat mevasidan egil. Salsabil suviga
cho’milgil, Kavsar suvidan ichgil, men Parvardigoringdurman
va sen mening Bandamdursan", degay.