Men ham bugun "Kresniy Otets" filmini birinchi qismini ko'rdim...
Haqiqatan ham ajoyib film, ayniqsa boshlanishiga e'tibor bering...
Mafiya otasini yoniga bir tanishi kelib yordam so'raydi, uni ustga qizining to'yi kuni... Bu uni yo'qlab birinchi marta kelishi edi, ilgari kelmagandi...
Don Karleone bunga ajoyib javob berdi, ilgari bir stakan kofega chaqirib, bizga nima xizmat, deb so'raganingda, yaxshi do'stlarga aylanarmidik, va o'sha hozir senga dushman bo'lganlarga men ham dushman bo'lmasmidim, deb...
Shu gapda jon bor... Ba'zida biror og'aynimizga ishimiz tushib qolsa, srazu tel. qilishga yoki e-mail. yozishga inson uyalib qoladi, nega endi faqatgina ishim tushganda yozyapman, bir ko'ngil so'rab ham qo'ymabman, ancha vaqt bo'libdi, deb o'ylanib qolasan kishi....
Mafiya hayoti yaxshi tasvirlangan bu filmda, qolgan qismlarini ham ko'rib chiqish niyatim bor...