Rivoyatlarga ko'ra,bir kuni Muso ( a.s. ) :
-Allohim,ba'zi insonlar zolimlarning zulmi jazosiz qolaveradi,deb hisoblaydi,-dedilar. -Holbuki,Sening adolating muhaqqaq yuzaga chiqadi,zolim zulmining javobini,albatta,oladi. Menga shunday o'rnak ko'rsatki,uni eshitgan kishilar zulm va haqsizlik qilishdan tiyilsin. Qilgan ishiga jazo tayin ekanini bilsin.
U zot ( a.s. ) ga shunday javob bo'ldi :
-Ey Muso, sahroda to'rt yo'l kesishgan joydagi daraxt ortiga berkinib,chashma boshida bo'ladigan voqealarni kuzatsangiz,zolim zulmining javobini qanday olishini ko'rasiz...
Muso ( a.s. ) aytilgan joyga borib,daraxtlar orasiga berkindilar. Bir pasdan keyin otliq kishi keldi. Otdan tushib,yelkasidan hurjunini olib,chashma bo'yiga o'tirdi. Emagini yeb,chashma suvidan ichib,charchog'i chiqqach,otiga minib ketdi. Ichida oltinlari bo'lgan hurjunini esa unutib qoldirdi.
Otliqdan keyin kelgan yigit suv icharkan,chashma bo'yidagi hurjunga ko'zi tushdi. Ichida oltinlar borligini bildi, u yoq-bu yoqqa qarab,hech kim yo'qligini ko'rgach,hurjunni olib ketdi.
Uning ortidan ko'zi ojiz qariya keldi. Suv ichib,bir pas dam olish uchun daraxt soyasiga o'tirdi. Shu payt otliq kishi qaytib keldi va hurjunini qidira boshladi. Ko'rdiki,keksa choldan boshqa kimsa yo'q,demak,hurjunini shu odam berkitgan. G'azab bilan qariyaga baqira ketdi :
- To'g'risini ayt, hurjunimni qayerga berkitding ? Tezda pullarimni qaytar,bo'lmasa,o'ldiraman !...
- Men ko'zi ojiz odam bo'lsam,-dedi chol,-hurjuningni qayerdan bilaman ?!...
G'azabi qo'zigan otliq aldayapti deb o'ylab,cholni bir urishda o'ldirib qo'ydi va otiga minib jo'nab qoldi. Voqealarni kuzatib turgan Muso ( a.s. ) Allohga nido qilib,so'radilar :
-Parvardigoro,otliqning hurjunini uning ortidan kelgan yigit olib ketdi. Jazoni esa undan keyin kelgan qariya oldi. Bu yerda adolat qani ?
Alloh taolodan shunday xitob bo'ldi :
- Ey Muso ! Odamlar shunday-hodisalarning sirtiga qarab xulosa chiqaradilar,ichidagi qadarning adolatini esa ko'rmaydilar. Ya'ni,oltinlar solingan hurjunini chashma boshida unutgan otliq,o'z vaqtida qo'lida xizmat qilgan faqir kishining haqini bermagan. Uning hurjunini olib ketgan yigit o'sha faqir xizmatchining o'g'li. Hurjundagi pullar otasining haqi edi,ularni olib ketdi. Adolat shu taxlit yuzaga chiqdi. O'lgan qariya esa osganda osgan,kesganda kesgan zolimlardan edi. Umri zulm qilish bilan o'tgan,eng so'ngida otliqning otasini bir musht urib o'ldirgan,qotilligi yashirin qoldi deb o'ylagandi. Nihoyat kuni kelib otliq pulini o'g'irlagan gumon qilib,qariyani bir musht urib o'ldirdi.
Ey Muso, bandalarimga aytingki,hikmatini bilmagan voqealaridan norozi bo'lishmasin. Bilsinlarki,kishining kishiga qilgan zulmi jazosiz qolmaydi. Bamisoli otliq odam ishchisiga bermagan haqni hurjun to'la oltin bilan to'laganini,otasini bir urishda o'ldirgan kishini huddi o'shanday o'ldirgani singari...
Ha,atrofimizdagi voqea hodisotlar asli ko'ringani kabi ko'rinavermaydi bizaga. Xuddi,mozordagi ovozlar-u,qush hayvonlarni ovozini eshitish odamzodga nasib etilmagani kabi,hali dunyoda ancha muncha aqlimiz teymaydigan hodisot mo'jizalar ko'p va barchasi Allohni xikmati va izni bilan.
Modomiki,yo'limizga bir tosh tushar ekan,u asli yomon ma'nodagi yo'l to'suvchi emas,Balki Allohni insonning qay darajada fikr yuritib,mulohaza qilishini kuzatib,qanchalar mukammal jonzot yaratganini farishtalar tahsinlar o'qishi va boshqa hikmatlari bor ekanini bildirishi. Asli ojizmiz. Juda ojiz...
Atrofimizdagi taqiqlar-u,voqealar Allohni borligini tasdiqlab turganini ko'rish faqat Alloh o'zi hohlagan bandasini ko'ngliga iymon e'tiqodni joylab qo'ygan bandalarigini tushuna oladilar,fikr qiladilar...
Alhamdulillah...
Nima bo'lganda ham qalbdan iymon ketmasin,susaymasin... Ana o'sha haqiqiy halokat xisoblanadi...