ON-LINE BLITS SAVOLLAR tanlovi:
Tanlovning o’tkazilish kuni:
- Tanlov
sentyabr oyining
11-sanasidan boshlanadi.
- Tanlov haftaning har
Payshanba kunida bo'lib o'tadi. Bunda o'sha kuni soat
12:00 da savollar joylashtiriladi va javoblarni yuborish uchun
bir hafta vaqt beriladi. (kelasi
Payshanba kuni soat 12:00 gacha) Bu muddat ichida kelgan barcha javoblar qabul qilinadi.
- Javoblar bir hafta o'tib e'lon qilinadi va keyingi tur savollari kiritiladi.
Tanlov ishtirokchilari:
- Tanlovda barcha: Forum a'zolari va a'zo bo'lmaganlar ishtirok eta oladi. Bunda javoblarni Forum a'zolari
Y_U_R_I_S_T ga
PM xati orqali, a'zo bo'lmaganlar esa
[email protected] manziliga yuborishlari mumkin.
Tanlov shartlari va ochkolarni hisoblash:
- Tanlovda har bir blits savoli
3 ta savoldan tashkil topgan bo'ladi. Agar siz uchala savolga ham javob bersangiz
5 ball, ikkitasiga javob bersangiz
3 ball, bittasiga javob bersangiz
1 ball beriladi.
Masalan:
1-savol:
1. Dunyoda rasmiy poytaxti yo'q yagona davlat?
2. Undan qancha olsang kattalashadi, qancha qo'shsang kichrayadi. U nima?
3. U kasb egalarining kiyimlari eng qimmat hisoblanadi. Bu qaysi kasb?
Bunda uchala savol yaxlit bitta hisoblanadi.
- Tanlov
10 tur bo'ladi. Har bir turda 10 tadan savollar guldastasi beriladi. Demak har bur turda 30 dona Blits savol, umumiy tanlovda esa 300 ta savol ishtirok etadi.
Tanlov g’oliblarini taqdirlash:
- Tanlovda g’olib topilgan ishtirokchiga ajoyib kitoblar jamlanmasini topshirishni niyat qilib qo’ydim. Bu o’zbek va jahon adabiyotiga tegishli bo’lgan, intellektual bilimni oshirishga qaratilgan qimmatli kitoblar bo’lishi aniq.
Xozircha g’olibga topshirilajak kitoblarning taxminiy ro’yxati quyidagicha:
1.
"œ"œZakovat" taqdim etadi-2" — Zakovat Intellektual klubi va bilimdonlari haqida ma’lumotlar, qiziqarli fotosuratlar va minglab ajoyib savollarni o’zida mujassamlashtirgan kitobning 2-nashri chiqarilish arafasida turibdi. Xudo xoxlasa tanlov yakunigacha kitob dunyo yuzini ko’rishi tabiiy. Eng avvalo ushbu kitob barcha Zakovat Intellektual klubi a’zolarining dastxati bilan g’olibga topshiriladi.
2. Gabriel Garsia Markes.
"œYolg’izlikning 100 yili",
"œOshkora qotillik qissasi"3. Jurjiy Zaydon.
"œFarg’ona kelini"4. Chingiz Aytmatov.
"œTanlangan asarlar"5. Agata Kristi.
"œRojdestvo arafasidagi qotillik"6. Uilyam Shekspir.
"œHamlet"Bu ro’yxat xali yana kengayishi aniq. Agarda ko’ngilli ravishda g’oliblarni taqdirlashga o’z hissasini qo’shish istagida bo’lganlar topilsa, bundan juda xursand bo’lar edik. Ularning har qanday xayrli taklifini mamnuniyat bilan qabul qilamiz.
Xozircha shular. Agar sizda biror taklif yoki e’tiroz bo’lsa marhamat, bemalol o’z fikringizni bildirishingiz mumkin. Sizning fikringiz men uchun muhim.