Avvalambor shunday viktorinani uyushtirganingiz uchun sizga KATTA RAHMAT. Savollar juda qiziqarli va intellektual salohiyatimizni oshirishga yordam bermoqda, lekin ba'zi kamchiliklarga ham ko'zim tushib qoldi. E'tirozlarimni inobatga olarsiz. Agar e'tirozlarimni o'rinsiz deb hisoblasangiz, bu ma'lumotlar qaysi manbadan olinganligini ko'rsatib yoki aytib o'tarsiz. Oldindan rahmat.
7-tur savollariga javoblar chiqqanidan so'ng ba'zi savollar javoblarini ko'rib ikkilanib qoldim. Ko'k va qizil rangni qo'shsa qaysi rang hosil bo'ladi? degan savolning javobini "yashil" degansiz. Aslida siyohrang hosil bo'ladi.
Eng katta musiqa organi deb savol berilgan. Javob ham organ deyilgan. Manimcha savol azgina boshqacharoq qo'yilishi kerak, ya'ni eng katta musiqa asbobi (instrument) deyilsa to'g'ri bo'lardi.
Arabchaga "Dengizlar hukmdori" deya tarjima qiling. Javob admiral deyilgan. Javob Amir-ul bahri deyilsa to'g'riroq bo'lardi. To'g'ri admiral so'zi Amir-ul bahri so'zidan kelib chiqqan, lekin aynan arablar admiral deb aytishmaydi-ku.
Tanais daryosining hozirgi nomi nima? degan savolga Sirdaryo deb javob berilgan. Sirdaryoning bunday nomi yo'q. Manimcha bu daryo Don bo'lishi kerak.
U narsaning morfemik, o'zlashma, chastotali, chappa kabi turlari bor. Savol nimaning? Menga chastotali lug'at haqida ma'lumot bersangiz.
4-tur savollariga javoblardan Graf va vikont orasida turuvchi dvoryanlik tituli qanday ataladi? deb savol berilgan. To'g'ri javob baron deyilgan. Aslida esa graf va vikont orasida hech qanday unvon yo'q. Baron unvoni graf va vikontdan keyin keladi.