BISMILLAHIR ROHMANIR ROHIM
AlhamdulILLAHI Robbil 'alamin va solatu va salamu 'ala hoyri holqihi Muhammad va 'ala alihi va sohbihi ajmai'yn!
Assalamu alaykum va rahmatullohu va barakatuhu!
O'rinli savol! ALLOH rozi bulsin! Javobim quyidagicha: Mana Nabiy s.a.v. bizda har bir ishda o'rnak buladigan zot! Sahobalar esa bizning haqiqiy (kumirlarimiz!) RasulALLOH s.a.v. Faqir bulib yashadilar, faqir hayotni kechirdilar va faqir bulib vafot etdilar. Lekin U zotning faqirligi ko'pgina bizni dunyoimizdagi "faqir"larning faqirligidan farq qilar edi. RasulALLOH s.a.v aslida boy bulganlar. Islom jihotlaridan tushadigan uljani 5/1 qismi ALLOHning hukmi bilan Payg'ambarimiz s.a.v. ning mulki hisoblangan. Demak u zotdan boy odam bo'lishi mumkin emas. Lekin u zot qo'lida bo'lishligi bilan barcha boyliklarini ALLOHning yo'lida infoq ehson qildilar va faqirlik hayotini ixtiyor qildilar. "Allohumma inni auzibika minal kufri val faqr" 'ALLOHim men sendan kofir bulib qolishlikdan va faqr bulib qolishlikdan panoh surayman" dedilar. Nabiy s.a.v.ning hadislarida "Kambag'allik kufrga boylik shirkka yaqin'' dedilar. Ya'ni kambag'al odam toat ibodatini qilib, yonidagi odamlar fisqu fujurda boy bulib yashayotganini kurib haqiqat bormi uzi devorishligi mumkin. Boy esa boyligini ro'kach qilib meni qulimdan hamma narsa keladi degan hayolga borarkan. Musulmon kishini kambag'al bulganidan boy bulgani afzal, chunki zakotini beradi sadaqa beradi. "Beruvchi qo'l oluvchi qo'ldan avzal" dedilar Nabiy s.a.v. Nabiy s.a.v. o'z duolarida:" Parvardigor meni miskin qilib yashatgin, miskin qilib uldirgin, qiyomat kunida miskinlar bilan tiriltirgin" dedilar. Shunda Oisha r.a. "Yo RasulALLOH nega miskinlikni orzu qilyabsiz" dedilar? Jannatga kambag'allar boylardan qirq yil avval kiradi dedilar. Imom Termiziydan keltirilgan sahih hadisda (Imom Alboniy Hasan deb atagan) "Parvordigor menga Makkani Badho degan joyini oltindan qilib beraymi dedi. Yuq bur kun qornim to'q bulsin bir kun qornim och bulsin" dedilar. Qornim to'qligida senga shukr aytay, yuq bulganda sendan rizqimni surab qulimni chuzay. dedilar. Imom Muslim Va Imom Buxoriy (Muttafaqun alayh.) nusratlarida keladi: Nabiy s.a.v.duolarida: "Parvardigoro Muhammad (s.a.v.) rizqini kunlik-kunlik qilib bergin" dedilar. Chunki u zot tirik ekan rizqi ALLOHdan ekanligiga iymoni komil edilar. Bizchi? uyda bir qop unni yarmi kuringanda O' obquyilar qimmat bupketarkan deymiz. RasulALLOH s.a.v.ga butun yer yuzini mol-mulki kelib tushganida, faqirona hayotni tanladilar. Abu Bakr r.a. boyligi shuncha ko'p ediki, boltalar bilan chopib ehson qildilar. Qullarni ozod qildilar. Umar ibn Xattob r.a. xalifa bo'laturib ustida 11ta yamoq yaktagi bilan, Hayit namozi uqiganlar. Shu o'rinda ohirgi hadis. Nabiy s.a.v.:"Ey, Oisha bitta ko'ylagingiz yirtilmasdan turib ikkinchisini omang, miskinlarni uzingizga hamroh tuting" dedilar. U zotlar qo'lida bo'la turib qalblaridan chiqarib tashlaganlar boylikni!