Assalomu aleykum!
Kapalak opa bu mavzuni ko'rib undagi berilgan barcha savollarni hamda javoblarni o'qib Turkiya davlati uning urf odatlari hamda uning tarixi haqida ko'plab malumotlarga ega bo'ldim. Buning uchun sizga rahmat, iloxim Yartagan egam ilmingizni bundanda ziyoda etsin.
Men ham sizga savol bermoqchi edim bu aslida bu savol ham emas bir qiziqish. Kapalak opa sizni pazandachilik bo'limidagi shirikliklar hamda ovqatlar to'grisidagi rasmlari uni tayyorlash uchun kertadigon masaliqlarni yozganizni ko'rib menda sizni juda ham pazanda bo'lsa kerak degan o'y paydo bo'ldi. Demoqchi bo'lganim siz oilaez uchun o'zimni milliy taomlardan ham tez-tez tayyorlab turasizmi. Qaysi milliy taomiz oilaez uchun yoqqan.
Valaykum assalom Grand. Katta rahmat qiziqish bilan o'qib chiqqaningiz uchun. İmkoniyatlar bo'lsa aslida yana ham to'liq javob berardim...
O'zbeka taomlarimizni qayerda pishirmay doimo barcha yeganlar yoqtirishgan.
Oila a'zolarim ham Palov, Chuchvara, Mantilarni juda yoqtirishadi, faqat qiyin ovqatlar deb uncha qildirishmaydi:) Somsa ham juda sevib yeyiladi, ayniqsa qaynotamlar juda maqtab yeydilar:)
Keyingi paytlarda moshho'rda pishirgandim, mosh Turkiyada unchalik bilinmaydi, shuning uchun juda qiziqishdi, mazasi judayam yoqdi.