Bahri bayt  ( 874189 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 72 73 74 75 76 77 78 79 80 81 82 ... 255 B


Mohinur  23 Aprel 2007, 01:52:31

Men bilur erdimki, yo'qtur intiho ishqimda hech,
To guli vasling bila qildim muhabbat ibtido.

Loladek may jomini tutgil g'animat,gul chog'i.
Xosaikim,ishrat urdi bulbuli bedil sado.

Husayniy

Qayd etilgan


topsync  23 Aprel 2007, 10:27:20

Olis yulduzlar, tungi osmon uzra porlar.
Qaygadir ular, sevgan ko'ngillarni chorlar.
Lekin jonginam, yoningga men borolmayman.
Dil zorimni, ayta olmayman

Qayd etilgan


Salohiddin  28 Aprel 2007, 17:56:57

Rostin ayt, men ozlik qildimmi senga?!
Ayt, bir yurak ozmi? Mana! To'ydim-ku!
O'jar sevgim bilan tegdim joningga,
Kechir, rashkim bilan qiynab qo'ydim-ku.

Kechir, endi mening quyoshim botdi.
Senga ishonmadim. Sen mendan tonding.
Bir tuban nomingni loylarga otdi,
Razil kimsalarga nechun inonding?!

Imon bormi, derdim yonib, sig'inib,
Porloq timsolingga, sevgilim, biroq,
Tashlab ketmoqlikni o'rgandik ko'proq,
Kel, vidolashaylik endi, soginib.

Menga og'ir ichmoq sening ko'zyoshing,
Boshingda g'amlarning toshlari sindi.
Ko'rib turibsan-ku, tosh bo'lsin boshing,
Kel, jimgina vidolashaylik endi.

Bu yorug' dunyoda vafo qani? Kel.
Senga inonmadim- men telba, g'arib.
Qayga olib borib ko'mayin, aytgil,
Yuragimning jasadini ko'tarib.

To vola yuragim shan libos kiysin,
Toki so'nggi bor yayrasin so'nggi bor bu jon.
Sening ko'ksing uzra bir uxlab to'ysin...
Yo'q, o'zgacha sevolmasman hech qachon.

Qayd etilgan


AbdurRohman  06 May 2007, 16:44:29

Nega jonima jafo qilursan?
Vaqti o'ldi agar vafo qilursan.

Jonim chiqadur firoq o'tindin
Dardimg'a qachon davo qilursan?

Ul zulfni solma yuzung uzra,
Kim yuz bila ming balo qilursan.

Bo'ynungda qonim, ki bizni, ey ko'z,
Xo'blar bilan oshno qilursan.

Jondin ilikingni,Lutfiy, yuvg'il,
Chun ishq bila marhabo qilursan

Lutfiy.

Qayd etilgan


AbdurRohman  06 May 2007, 16:50:16

Necha dedim:"Ul sanamg'a bormog'in!"
Qilmadi ul tark oxir bormog'in.
Munchakim, xudraylig' ko'rguzdi ul,
Aql hayrat qildi tishlab bormog'in.

Alisher Navoiy.

Qayd etilgan


AbdurRohman  06 May 2007, 16:52:57

Nogoh ko'rubon mahvi jamoling bo'la qoldim,
Oydek yuzingga boqdimu hayron bo'la qoldim.

O't tutashib kuydi yuragim birla jonim,
Parvona bo'lub o'tga yuzimni ura qoldim.

Yuz g'amza bila chiqdi sanam maykasidin,
Zunnor uzub, din bila imon sota qoldi.

Ko'rdumki,ajib ishvagaru dilbari tannoz,
Devona bo'lub ishqida o'tdek yona qoldim.

Diydori jamolini ko'rub ishq yo'lida,
Gulgun yonubon mavhi tomosho bo'la qoldim.

Hojat emas ul Ka'bai jononag'a bormoq,
Men gavhari maqsud bo'loyin deb yona qoldim.

Mashrab boshig'a tushdi o'shal kun g'ami dildor,
Shaydoyi bo'lub jumla havasdin qola qoldim.

Boborahim Mashrab.

Qayd etilgan


Mahzunabonu  06 May 2007, 17:04:07

Muhabbatga tulgan bu dilim,
Sizni izlab bilmaydi tinim.
Sizdan uzga kimim bor kimim,
Jonim sizni juda sogindim.

Qayd etilgan


Hayothon  06 May 2007, 18:43:14

Meni sevaman deb ayta olmading,
Qalbimga yaqinim sen erkaginam.
Men uchun armonga aylanding endi,
Qo‘llarim yetmagan muhabbatginam.

Nigohlarim izlaydi qaro ko‘zlaring,
Ezilar sensiz bu tor yurakkginam.
Men uchun sen aziz bo‘lding-ku ammo,
Qo‘llarim etmagan muhabbatginam

Qayd etilgan


Hayothon  06 May 2007, 18:45:40

Meni shaydo etgan go‘zal qiz,
Hazonlar hukmida sevgim yig‘laydi.
Menga bundan og‘ir jazo yo‘q,
Ko‘zlaring tunlari qalbim tig‘laydi.

Mayus bo'lgan kunlaringni ko'rsam endi
Sog'inchdan entikib ketar yuragim.
Meni ham yodga olarmisan hech,
Ayt o`zi bormi senga keragim

Qayd etilgan


AbdurRohman  07 May 2007, 11:26:56

Meni shaydo qiladurg'on bu ko'nguldur,bu ko'ngul,
Xoru rasvo qiladurg'on bu ko'nguldur,bu ko'ngul.

O'qdayin qomatimizni qora qoshlig'lar uchun,
Muttasil yo qiladurg'on bu ko'nguldur,bu ko'ngul.

Meni yozg'urma "sevar" deb,ki mening haddim emas,
Ul tamanno qiladurg'on bu ko'nguldur,bu ko'ngul.

Borma derlar eshiki sori damo-dam,netayin,
Ko'p taqozo qiladurg'on bu ko'nguldur,bu ko'ngul.

Qora mo'yin havasi birla qorong'u kechada,
Jonni savdo qiladurg'on bu ko'nguldur,bu ko'ngul.

Dushmanu do'st orasinda meni g'ofilni mudom
Be saru po qiladurg'on bu ko'nguldur,bu ko'ngul.

O'zgadin ko'rma,ki ko'zung yoshini, ey Lutfiy,
Ayni daryo qiladurg'on bu ko'nguldur,bu ko'ngul.

Lutfiy.


Qayd etilgan