Assalom;Gaplaringizga unchalik ham qo`shilmayman.
Biz - erkak kishimiz! Erkakcha ish tutishimiz zarur. Ayollarga so`zimiz o`tmasa nima qilib yuribmiz. Biz akamiz, ermiz, ota, uka. Akalikning, erlikning vazifasi qaramog`idagi ayollarni tartibga tushirish, haddidan oshirmaslik!
Hozirda qizlarimizning, ayrim yigitlarimizziyam bundayin "nochor" kiyinishida albatta biz - erkaklarning ham vinoven bo`ladigan joyimiz bor. Agar erkak o`zini xotini, singlisini qanday kiyinishiga e'tibor bermasa, da'yus bo`lsa, qizlar haddidan oshadi, sekin-sekin "ochila" boshlaydi. Badanini hammaga namoyish qilgisi, ko`chadagi betavfiqlarning nazarida "prinsessa"ga aylangisi, ularning qochirimlaridan lazzat olgisi va ... shu bilan "boshqalar"dek yengiltak hayot kechirgisi kelib qoladi.
Bundaylarning ko`pini ko`rdim. Hozir ular yanada cho`qqiga ko`tarilmoqdalar. O`ylamaydilarki, bir kuun kelib ular ham qariydilar, o`sha ochiq badanlari hech kimni qiziqtirmay qo`yadi. Ammo shu holatda ularni xorlik qoplasa, undan yomoni yo`q.
Shunichun, biz erkaklar ayollarimizga etishimiz kere. Birovga kiyinish borasida maslahat bermaslik kere deb yurmasligimiz kere. Chunki jamiyat shu holatda ketaversa, bu narsa oddiy holatga aylanishi mumkin. O`sib kelayotgan yoshlar o`shalardan ta'lim olsa nima bo`lishini tasavvur qivossilami?