A.alaykum. Shoir, Buxorodan Bursaga kelib, bu yerga dafn etilgan
Amir Sultondir. Sayyid Olimxon esa Qobilga ko'milganlar. Lekin qarindoshlari yani nabiralari Turkiyaning G'ozi Antep viloyatidalar.
Shu o'rinda Amir Sulton haqida qisqa ma'lumot berishni loyiq ko'rdim.
Asl ismlari Muhammad Shamsuddin bo’lib, otalari Sayyid Amir Kulol Hazratlaridir. Buxoroda tug’ilganlari uchun
Muhammad Buxoriy, Sayyid bo’lganliklari uchun
Amir Buxoriy, Usmonli podshohi Yildirim Boyazidga kuyov bo’lganliklaridan keyin esa
Amir Sulton (Emir Sulton) deb atala boshlanganlar. Amir Sulton 1376 sanasida Buxoroda tavallud topganlar. Nasllari Payg’ambarimizning nabiralari Hazrati Husaynga borib taqalishlari rivoyat qilinadi. Otalari Naqshibandiya tariqatining Nurbahshiya qo’liga mansubdirlar. İlmni avvalo otalaridan, qolaversa zamonalaridagi juda ko’p din olimlaridan oladilar. 7-8 yoshlarida onalari, 17-18 yoshlarida esa otalari vafot etadi. Otalarining "œEy og’lum Payg’ambarimizni otangdan, onangdan ko’proq yaxshi ko’rishing kerak, aslingla maqtanma, og’zigdan yolg’on so’z chiqmasin, ilm qayerda bo’lsa erinmay qidirib, o’rganishing kerak" degan nasihatlariga quloq tutgan holda Hajga yo’l oladilar. Amir Sulton Hazratlari Madinai Munavvarada qolmoqchi bo’lib niyyat qilgan kechalari tushlarida Payg’ambarimiz (S.A.V) va Hazrati Alini ko’radilar. U kishi ham odobla yonlariga borib, tiz cho’kdilar. Hazrati Ali Amir Sultonga: Ey og’lum! Senga Haq tarafidan jadding Muhammad (S.A.V)ning sunnatini, taqvo yo’li bilan Rum diyoriga borib (hozirgi Turkiya tuproqlari) o’rgatmog’ing ishorat bo’ldi. Sening oldingda 3 chiroq paydo bo’ladi. Bu chiroqlar qayerda ko’zdan yo’qolsa shu yerda qolasan. Mozoring ham shu yerda bo’ladi. Amir Sulton Hazratlari uyqudan uyg’onib, demakki taqdiri ilohiy shunday ekan, deb yo’lga chiqdilar. Hazrati Alining aytgan 3 chiroqlari u kishiga yo’l ko’rsatdi.
Keyinchalik Amir Sulton Yildirim Boyazidning qizlari Hundi Fotima Sultonga uylanadilar.
Amir Sulton haqida juda ko’p ma’lumot bor aslida"¦Bir kun yana yozish nasib qilsin insholloh.
Amir Sulton Bursaning va qolaversa butun Turkiyaning ma’naviy ustozi sifatida seviladi. Qabrlari doimo ziyoratchilar bilan liq to’la. Biz ham Bursaga borganimizda u kishini ziyorat qilgandik. Makonlari shunaqangi huzur to’laki, inson hech ketgisi kelmaydi.
Rabbim sizlarga ham nasib qilsin insholloh.
Amir Sulton Hazratlarining qabrlari...