Hurmatli forumdoshlar!
Forum qoidalariga ko'ra, umumiy bo'limlarda adabiy tilda yozish talab qilinadi.
Lekin "Hamyurtlar", "Qutlovlar" kabi bo'limlarda hamda shevaga oid mavzularda shevada yozishga ruxsat beriladi.
Umumiy mavzularda tilimizning buzilishiga yo'l qo'ymaylik.
Agar kimgadir adabiy tilda yozish qiyin bo'lsa, o'sha yuzer asta-sekin adabiychaga o'rgansin. Zero, buning foydasi judayam ko'p.
Adabiycha yoza olmaydiganlar ustidan turli gap-so'zlar qilish ham yaxshi emas. Lekin adabiychani bilmayman, deb doimo shevadan yozish ham mumkin emas.
Ushbu qoidalar barcha uchun barobar.