YEBIChISh ODOBI
Ovqatlanishni kattalardan boshlang. Zero, barakot kattalar bilan birgadir.
Ibn Abbosdan (r.a.)
Kim ovqatlanmoqchi bo’lsa, Allohning nomini esga olsin. («Bismillahirrohmanirrohiym», desin) Agar Alloh nomini zikr etishni unutgan bo’lsa, "Bismillahi ‘ala avvalihi va axirihi" (Ovqatning avvalida va oxirida Allohning nomi bilan), deb aytsin.
Oishadan (r.a.)
“Ovqatni jamoa bo’lib yenglar. Ovqatlanish boshlanganda Allohning ismini zikr eting. Shunda siz uchun barakot bo’ladi.
Vahishydan (r.a.)
Ovqatni sovutinglar. Sovugan taomda barakot yanada ko’p bo’ladi.
Asmo binti Abu Bakrdan (r.a.)
Ovqatlanayotgan mahalda idishning o’rtasidan yemanglar. Idish chetidan yenglar. Zero, baraka ustdan tushadi.
Ibn Abbosdan (r.a.)
Dasturxon yozilganda har kim o’z oldidan yesin. Birovning oldidan va idishning o’rtasidan yemasin. Zero, idishlar o’rtasida barakot bo’ladi. Dasturxon yig’ishtirilmasdan o’rnidan turmasin. Atrofdagilar taomdan qo’lini tortmagunicha to’ysa ham, qo’lini ovqatdan tortmasin va sheriklarini kuzatsin. Chunki ovqatga ehtiyojmand (qorni to’ymagan tarj.) kimsa uyalib qo’lini ovqatdan tortishi mumkin.
Ibn Umardan (r.a.)
Ovqatlanayotgan mahalda ushoq tushsa, ustidagini tozalab keyin uni yeng. Ushoqni shaytonga qoldirmang.
Jobirdan (r.a.)
Kimki dasturxonga tushgan ushoklarni yesa, kambag’allikdan omon qoladi.
Abu Hurayradan (r.a.)
Kimki biror narsa yemoqchi bo’lsa, o’ng qo’l bilan yesin, o’ng qo’l bilan ichsin, o’ng qo’lida olsin, o’ng qo’lida bersin. Zero, shayton chap qo’li bilan yeydi, chap qo’li bilan ichadi, chap qo’li bilan beradi, chap qo’li bilan oladi.
Abu Hurayradan (r.a.)
Sizning Alloh taologa eng sevimli bo’lganingiz ovqatni oz yegan va jussasi kichiklaringizdir.
Ibn Abbosdan (r.a.)
Yegan ovqatingizni Allohning zikri va namoz bilan hazm qiling. Ovqat ustida uxlamang. Aks holda qalblaringiz qotadi.
Oishadan (r.a.)
Har kasallikning boshi qorinni ortiqcha to’ldirishdir.
Anasdan (r.a.)
Biror narsa ichayotganda shimib iching, bir yutumda nafas olmay ichmang. Aks holda bu jigar kasalligiga sabab bo’ladi.Ibn Abu Husayndon (r.a.)
Alloh taolo aytadi: " Qullar Mening nazarimda yeyish ozligidan ko’ra shomil (mukammal)roq bir parda bilan yopinmadilar".
Ibn Abbosdan (r.a.)
Yeb shukr qilgan kishiga ro’za tutib sabr qilgan darajada ajr beriladi.
Abu Hurayradan (r.a.)
Bir kishilik ovqat ikki kishiga, ikki kishilik ovqat uch kishiga, uch kishiniki to’rt kishiga va to’rt kishiniki besh va olti kishiga yetadi.
Umardan (r.a.)
Men boryo’g’i bir qulman. Bir qul yebichganidek yebichaman.
Anasdan (r.a.)
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ovqatlangandan so’ng ushbu duoni o’qir edilar: "Alhamdu lillahillaziy atamana va saqona va jaalana minal muslimiyn" (Bizni yediribichirib va musulmonlardan qilgan Allohga hamd bo’lsin).
Abu Saiddan (r.a.)
Kim ovqat yesa, qo’llarini go’shtning yog’i va hidi tufayli yuvsin.
Ibn Umardan (r.a.)
Тirnoqlaringizni oling va ularni ko’ming. Barmoqlaringiz orasini tozalang. Og’zingizni ovqat qoldiqlaridan tozalang va misvok tuting. Mening yonimga tishi sarg’aygan va og’zi hidli holda kelmang’. Abdulloh ibn Bashirdan (r.a.)
Sizlardan biringiz ovqat yeganda shunday desin: "Allohumma bariklana fihi va at’imna xoyron minhu" (ya’ni, "Allohim, bu ovqatni bizga barakotli qil va bizga bundan xayrlisini yedirgin"). Agar sut ichsa, shunday desin: "Allohumma barik lana fihi va zidna minhu" (Allohim, bizga uni barakotli qilib, undanda ziyodasini ber). Zero, yegulik va ichgulik ichida sutdanda yetarli biror narsa yo’q.
Ibn Abbosdan (r.a.)
Ovqatlangandan so’ng barmoqlar orasini ishqalab yuving, og’zingizni chayqang. Bu o’tkir tishlar va oziq tishlar uchun foydalidir.
Imron ibn Husayndan (r.a.)
(Ko’llarni yuvib, "Bismillah..."debovsatlanishni boshlash, o’ng qo’lda o’z oldidai yeyish, ovsatning juda iseits bo’lmasligi, hamma dasturxondan turmaguncha turib ketmaslik, o’zi to’s bo’lsa ham, yeyayotgandek ko’rinish, ushoq tushsa, tozalab yeyish yebichish odobi sanaladi. Inimliklarni bir nafasda emas, uch yutumda ichish, tik turib yebichmaslik, yebichilgach, Allohga hamd aytib duo qilish, so’l va og’izni yuvish, misvok bilan tozalash ham yebichish odoblariga kiradi.)