Tayanch iboralar: Qur’onning nazmi she’riyatning barcha qoidalariga muxolifdir, «Qur’onning uslubi insonlarning xitobat uslubiga ham o‘xshamaydi, balki uning jumlalari darhol yodda qoladigan va tilovat qilinadigan uslubdadir. Bu uslub Qur’onning o‘ziga xos mo‘‘jizaviy yo‘li bo‘lib, odamlarning kalomida uchramaydigan xususiyatdir», — deb yozadi Shayx Muhammad Tohir ibn Oshur, Mahmud Az-Zamaxshariyning «Kashshof»ida ishora qilinishicha, Qur’oni Karimni juzlarga, hizblarga va suralarga taqsim qilinishi ham arab kalomida yangilik bo‘lgan, Qur’onning yana bir xususiyati boshqa millat kishilarining ismlarini maqomiga muvofiq fasohatli arabcha ismga aylantirib zikr etilishidadir. Masalan: Dovud (a.s.) qissalarida Shovil ismli podshohni Tolut deb nomlanishi, Ibrohim (a.s.)ning otalari Torihni Ozar deb o‘zgartirilishi shular jumlasidandir, Arablar biror hodisani ifoda etish uchun zarbulmasal usulini qo‘llar edilar; Qur’oni Karimda tamsillarni tashbeh usulida keltirish ham Uning xususiyatlaridan biri bo‘ldi va arablarni lol etdi, Qur’oni Karimda shunday ifoda odati mavjudki, bir lafz qaerda kelsa ham bir xil ma’noni anglatadi. Bu jihatga ba’zi mufassirlar juda ahamiyat berganlar.