Allohim, menga iymonni sevdirgin va qalbimda uni ziynatlagin. Menga kufrni, fisqni, ma’siyatni yomon ko‘rdirgin va meni to‘g‘ri yo‘lda yuruvchilardan qilgin. Allohim, kelajagimizni xayriyat bilan tamomlagin. Va fazling bilan orzularimizni haqiqat qilgin. Va rizoingga yetishish uchun yo‘limizni oson qilgin, hamma holatlarda ham amallarimizni chiroyli qilgin. Ey cho‘kayotganlarni qutqaruvchi, ey halok bo‘layotganlarga najot beruvchi, ey har bir sirning shohidi, ey barcha shikoyatlar yetib boruvchi, ey ehsoni qadim bo‘lgan zot, ey yaxshiligi doimiy bo‘lgan zot, ey hech bir narsa usiz behojat bo‘lmagan, har bir narsaga zarur bo‘lgan zot. Ey har bir narsaning rizqi Uning zimmasida bo‘lgan, har bir narsaning qaytish joyi Unga bo‘lgan zot. Senga soillar (so‘rovchilar)ning qo‘llari ko‘tarilgan, obidlarning bo‘yinlari Senga cho‘zilgandir. Bizlarni himoyangda, sahiyligingda, panohingda, to‘sig‘ingda, omonligingda, soyangda qilishligingni so‘raymiz, Allohim. Sen bilan sinovning qiyinchiligidan, badbaxtlik ostida qolishdan, dushmanlarning ichiqoraligidan, bola, mol va ahlu ayol masalasida yomon o‘zgarish va yomon ko‘rinishdan panohlanamiz.