Bugungi kun eng ibratli kunlardan biri bo'ldi desam adashmayman.
Zero Olloh bergan har bir kun ibratu yaxshiliklarga boy, har bir
kuni buyukdir, chunki Olloh buyuk, Uning ishlari ham buyukdir.
Bugun bir kitob o'qidim,mualif har birimizning hayotimizda
bo'ladigan holatlarni zohirini juda ham sodda misollar bilan
ko'rsatib bergan ekan. Ularni o'qib tasanolar aytdim.
Sizlarga ham o'sha hikoyachalardan birini ilindim.
" Kunlardan bir kun bir o'rgimchak kalit tiqiladigan tirqishga kelib qolibdi. Katta temir qasr topdim deb o'zida yo'q suyunibdi. Darrov har xil rejalar tuza boshlabdi."Mana bu zinapoyalarga to'r tashlasam semizgina pashalarni ilintirsam bo'ladi, kiraverishga to'r tashlasam hattoki qurtlarni ham to'rimga ilintirsam bo'ladi" deb o'ylabdi. Shunday qilib o'sha tirqishga joylashib olib endi o'lja kutib yotsa tiq etgan ovoz eshitilibdi. Uyga uyning egasi kelibdi va kalit tiqiladigan tirqishga kalitni solibdi, o'rgimchak esa parcha parcha bo'lib, ezilib ketibdi"
Mana shu kichkinagina o'hshatishda qanchlar katta ma'no bor.
Ko'pincha mana shu o'rgimchak misoli bo'lib qolamiz.Rejalar
tuzamiz, aqlimiz yetmaydigan narsalarni tushunishga harakat
qilib o'zimizcha fikr mulohazalar yuritamiz.
Aslida aslidachi hech nimani bilmaymiz, bilsak ham juda oz,
aqlimiz yetmaydigan narsalar qancha.
Faqat bir narsa ayta olaman va bilaman Olloh buyukdir!!