Men ham 2-3 kun oldin hafa bo'lganimda o'yladim. Bir atrofingga qara! Avvalambor Olloh meni İnson qilib yaratdi, keyin Musulmonman. Hamdlar bo'lsinki Musulmon bo'lishimni farqiga borishimga sabab bo'lgan, bo'layotgan insonlarning orasidaman. Qolaversa, menga qarshi aytilgan bo'lsa ham bu yozuvlarni o'qiy olish uchun Yaratgan sog'-salomat ko'z beribdi. Qolaversa kompyuterdan foydalana olaman. Ham internetga bog'lanihs uchun sharoitim bor. Eng asosiysi, opaginam, men va siddiqa sizni sog'indik, degan xatlar Cheh Mik'dan kelib turibdi: )
Yana bir tarafi Ramazondamiz. Azonlarning ovozi bilan ro'zamizni ochyabmiz. Osmonimizda samolyotlarning emas, qushlarning ovozlari eshitilyabdi.
EEE dedim, bular mening hafa bo'lishimga sabab bo'lganlardan qat-qat ko'p ekanku. Demakki hayot davom etyabdi.
Cheh Mik, sizni baxtli eta oladigan sabablar ishonaman yana ham ko'pdir. Shunday ekan, siz ham u birodarimizga yomon javob bermang.
Eng yumshoq yostiq-holis vijdon ekan, Olloh vijdonimizni halol bo'lishini nasib etsin. Siz ham sizni hafa qilganlarga "Olloh sendan rozi bo'lsin, mening nafsimni yer bilan bir qilishda yordam, berding, deng va yumshoq yostig'ingizda mazza qilib uhlang:)