Aziz Forumdoshlar, uchbu mavzuni ochishimdan maqsadim, barchani birinchi postini bir joyga jamlash, o`zim uchun bir ma`lumot sifatida olmoqchi bo`ldim.
SHART : Bu yerda har bir a`zo forumdagi 1-postini kiritishini so`rab qolaman.
P.S: Meni yangi ochayotgan mavzularim kimlargadur o`yin sifatida tuyilishi mumkin, shuni aytib o`tamanki
forumga maqtanish uchun kirmadim,
forumda ko`p post qoldirish uchun kirmadim,
forumga 2 ta maqsad uchun kirdim
Bilim va birodarlarimni ko`paytirish uchun kirdim.
Bu forumga kirganimda men hech narsani bilmasligimdan yig`laganman, hattoki hech qaysi sahobani bilmas, hadislar borligini umuman bilmasdim ham, forumdan o`qib o`rgandim o`rganganlarimni eshitmaganlarga so`ylab berdim. Ko`p akalar, opalar, maslahat go`ylarimni topdim, ulardan olloh rozi bo`lsin.