Shoxjahon12 ga:
Sizni hayotingizda futbol qanday o'rin tutadi?
Savol uchun katta rahmat!
Endi savolga kelsak, futbolga juda qiziqishim bor gap.
Futbolchi bo'lish orzuim amalga oshmay qolgan va bir kichik armon bo'lib qolgan.
Esimda o'shanda 3-sinfda o'qir edim. Maktabimiz futbol jamoasida tuman maktablari o'rtasidagi musobaqada qatnashganmiz. O'shanda jamoamiz 1-o'rinni olgan edi. Men ham hamma o'yinda qatnashganman. Shu musobaqani shahardan kelgan bir futbol murabbiyi tomosha qilgan ekan. Harakatlarim yoqib qolgan shekilli, ertasi kuni u men va ikki o'rtog'imni ko'rik mashg'ulotda qatnashishga Toshkentga taklif qildi. Ammo dadam futbolchilikning qiyin ekanligini, jarohatlar futbolchiga "hamroh" bo'lishi haqida gapirib , menga ruhsat bermaganlar. Shu-shu futbolchi bo'lish orzuim qolib ketdi. Buning uchun dadamdan aslo hafa bo'lgan emasman. Mana, ularning nasihatlari orqasidan kam bo'layotganim yo'q. Bo'sh vaqtlarimda o'rtoqlarim bilan to'p tepib turamiz. Futbol - bu millionlar o'yini. Futbol tomosha qilsam, o'zimni yengil his qilaman.Ayniqsa, kuchli jamoalar o'rtasidagi murosasiz o'yinlar odamga zavq beradi. TV orqali beriladigan birorta futbol matchini qoldirmaslikka harakat qilaman.