Yaqinda bo'lgan voqea xayolga ham sig'maydi!!!
Turkiyaning Shanli Urfa viloyatida 10 va 13 yoshlar atrofida aka-uka bir halta oltin topib olishibdi. Hech narsasiga tegmasdan to'g'ri dadalarini yoniga olib borishibdi. Oila qashshoq, dada 10 farzandini hammolchilik qilib boqayotgan biri ekan. Dadalari esa politsiya bilan birga qishloq masjidining mikrofonidan bir halta oltin topib olishganini e'lon qilisihibdi.
Darrov 12 kishi: "Oltin meniki edi", deb qishloq politsiyasiga murojaat qilishibdi. Politsiya darrov 12 kishibi birma-bir so'roqqa tutibdi, haltani ichida qanday oltin taqinchoqlar borligini so'rabdi...
Oltini yo'qolganlardan 55 yoshlardagi bir odam haltani ichida bilaguzik, uzuk borligini va uzuklarda o'zining va ayolining isimlarini yozilganligini aytibdi...
Politsiya oltinlarni egasiga topshiribdi. Qolgan 11 kishi esa yolg'onchiligindan sharmanda bo'libdi. Oltinlari topilgan otaxon bolakaylarni har biriga 40 dollarga yaqin suyunchi beribdi.
Diqqat: Haltani ichidagi oltin necha pullik ekan bilasizlarmi: 15 ming dollarga yaqin!!!
Bu yerda ota va bolalarning harakatlari tahsinga loyiq....