Alishmayman
Jahonning shodlik safosin,
Boylik ziynat shon dunyosin,
Oftob, quyosh, nur ziyosin
Alishmayman onajonim,
Bolam degan bir so'ziga,
O'g'lim degan bir so'ziga.
Sog'inib gar yonsa tanam
Shirin so'zlar bo'lmas malham,
Do'stlar qancha bo'lsin hamdam
Alishmayman onajonim,
Bolam degan bir so'ziga,
O'g'lim degan bir so'ziga.
Safarda yursam ayrilib,
Ko'nglim olsa yor berilib,
Lek meni kutgan qayg'urib,
Alishmayman onajonim,
Bolam degan bir so'ziga,
O'g'lim degan bir so'ziga.
Majnun Alisher mehrini,
Topib yasha dil ko'nglini,
Jannatni na bir gulini,
Alishmayman onajonim,
Bolam degan bir so'ziga,
O'g'lim degan bir so'ziga.
Qo'shiqdan