2006-yilda akademik litseyni bitirib, Tashmiga, stomatologiya fakultetiga topshirib, o'qishga kira olmagan edim, bolalikdan tish do'xtir bo'lishni orzu qilgandim. Keyingi yil ham shu holat bo'ldi, keyingi yillarda esa boshqa ishlar bilan band bo'lib o'qishga topshirmadim. Oliygohda o'qishni butunlay hayolimdan chiqarib tashlagan edim lekin hamma narsa o'zgarishi uchun vaqt kerak ekan. Ilm olishni erta-kechi bo'lmasligini hisobga olib bu yil yana oliygohga hujjat topshirdim lekin butunlay boshqa institutga, MRDI (milliy rassomlik va dizayn instituti) dizayn, kompyuter grafikasi yo'nalishiga topshirib qo'ydim. Duolarda barcha abiturientlar qatori bizni ham eslab turinglar...