COMMENTARIES.
I. Modal fe’llar. Ingliz tilida bir guruh modal fe’llar deb ataluvchi to‘liqsiz fe’llar bor. Bu guruhga «can», «may», «must» fe’llari kiradi. Ularning to‘liqsiz deyilishiga sabab quyidagilar:
1. Hamma zamon shakllarida qo‘llana olmaydilar.
2. Ular III shaxs birlikda (hozirgi noaniq zamonda) «s» qo‘shimchasini olmaydi.
3. Ular mustaqil holda ishlatilmaydilar, faqat mustaqil fe’l o‘zagi bilangina keladilar.
II. «can» modal fe’li mustaqil fe’l bilan birga kelib, shu ish-harakatning bajarilishi uchun jismoniy yoki aqliy qobiliyatning yetish yoki yetmasligi yoki shuni bajarishga qodirligini ifodalaydi. Uning ikkita shakli bor:
1. Hozirgi zamon shakli «can».
2. O‘tgan zamon shakli «could»
Misol:
I can play tennis. — Men tennis o‘ynay olaman.
He can play tennis. — U tennis o‘ynay oladi.
I could play tennis yesterday. — Men kecha tennis o‘ynay oldim.
III. Kelasi zamonda «can» ning ma’nosini uning ekvivalenti «to be able to + fe’l» ifodalaydi.
Misol:
I shall be able to play tennis next month. — Men kelasi oyda tennis o‘ynay olaman.
IV. «can» bilan kelgan gaplarning bo‘lishsiz shaklini yasash uchun «can» modal fe’lidan keyin «not» inkor yuklamasi qo‘yiladi.
Misol:
I cannot play tennis. — Men tennis o‘ynay olmayman.
He couldn't play tennis. — U tennis o‘ynay olmas edi.
Lekin:
I shall not be able to play tennis next week. — Men kelasi haftada tennis o‘ynay olmayman.
V. «can» bilan kelgan gaplarning so‘roq shaklini yasash uchun «can» modal fe’li ega oldiga chiqarib qo‘yiladi va shu bilan javob beriladi.
Misol:
Can you play tennis? Yes, I can. No, I cannot.
Lekin:
Will you be able to play tennis next month? — Yes, I shall.
— No, I shall not.
Eslatma: «can (could)» modal fe’li asosiy ma’nosidan tashqari quyidagi ma’nolarni ifodalashi ham mumkin:
1. «Can» modal fe’li imkoniyatdan kelib chiqqan ruxsat ma’nosini bildiradi.
Misol: You can use my car tomorrow.
2. «Can» modal fe’li bo‘lishsiz shaklda kelib, ish-harakatning bajarilishi mumkin emasligini bildiradi.
Misol: That can't be true.
That couldn't be true.
3. «Could» modal fe’li ish-harakat bajarilishi (50%) ehtimolligini bildiradi.
Misol:
Where is Tom? He could be at the meeting.
4. «Could» xushmuomalalik bilan qilingan iltimosni ifodalaydi.
Could I borrow your pen?
Could you help me?
VI. 1. «To be going to + verb» birikmasi shaxsning biror ish-harakatni yaqin kelajakda bajarishni mo‘ljallaganini bildiradi.
Misol:
I am going to buy a dictionary tomorrow. — Men ertaga lug‘at sotib olmoqchiman.
He is going to visit his grandparents next weekend. — U kelasi dam olish kunida bobosi va buvisini ko‘rib kelmoqchi.
2. «To be going (to)» birikmasi yaqin kelajakka belgilangan ish-harakatni ifodalagani uchun quyidagi payt hollari bilan qo‘llanadi: tonight, tomorrow, the day after tomorrow, tomorrow morning, tomorrow evening, in two days, in a week (month, year), next week (month, year), soon va h.k.
Eslatma: «To be going (to)» birikmasi harakatni ifodalovchi to come, to go, to leave, to arrive kabi fe’llar bilan qo‘llana olmaydi.
When are you coming?
— Tomorrow morning.
He is leaving next week.