Sabzili shirin to’pchalar yoki "œJezerye"Masalliqlar:1. 4 dona sabzi (500-600 gr)
2. 1 stakan (250 gr) shakar
3. 1 paket vanilin 8 gr
4. 1 paket sutli pechen’ye (175 gr)
5. 0.5 stakan maydalangan yong’oq yoki findiq
6. Ustiga sepish uchun Hindiston yong’og’i
Tayyorlanishi: Sabzilarni archib qirg’ichdan o’tkazing. Shakar bilan birga yumshab suvi tortguncha qovuring. Vanilin, maydalangan yong’oq va pechen’yelarni qo’shib yaxshilab qoring va dumaloq shakllar yasang. Ustiga Hindiston yong’og’i bo’laklarini seping. Osh bo’lsin.