Payg’ambar sallollohu alayhi vasallam bardoshlilik va sodiqlikda ikkilansalar-da, qabila rahbarlarining nazorati qarshisida o’zlarini yo’qotib qo’ymadilar, aksincha oddiy odamlarga yaqin borishga harakat qilaverdilar, biroq hech kim unga quloq solmadi. Ular payg’ambardan shaharlarini bo’shatib qo’yishni, xohlagan joyiga ketishini talab etishdi. Barcha uri-nishlar bekor ekanini fahmlagach, payg’ambar shaharni tark etishga qaror qildilar. Boshliqlar payg’ambarning osoyishta chiqib ketishiga yo’l qo’yishmadi, u zotning orqasidan ko’cha bezori bolalarni yuborib, hushtak chalish, baqirish, mayna qilish, hatto u zotni tosh bo’ron qilishga undashdi. U zotga shunchalar ko’p tosh otishdiki, butun badanlari qon bo’lib ketdi, poyafzali oyoqlarini siqib tashlagan edi. Shaharni qayg’uli ahvolda tark etdilar. Shahardan uzoqlashgach, Egam yordamida omon qolib, Ollohga shunday deb iltijo qildilar: «Oh, Egam! Men senga kudratim kamligidan, mablag’im yetmasligidan, odamlar ko’zi o’ngida qadr-kimmatim yo’qligidan shikoyat qilaman. Ey, barcha shafqatlilardan eng shafqatlisi! Sen kuchsizlar zgasidirsan, xususan, mening Egamdirsan. Sendan o’zga kimga ishonay! Meni yoqtirmaydigan, menga qovog’ini soladigan g’animlargami yoki sen mening ishlarimni nazorat qilib turishni topshirgan bevatanlargami? Sening himoyangga muhtojman. Men sening nuringdan boshpana izlayman - nuring jannatni yoritadi, korong’ulikni nurafshon qiladi, bu dunyo va oxirat ishlarini nazorat qiladi. Meni g’azabingga aslo duchor qilmagin, mendan norizo bo’lib qolishingdan saqla. Seni rozi qilish uchun bor kuchimni sarflayman. Sendan o’zga na kuch, na qudrat yo’q!»
Osmon kuchlari iltijo orqali harakatga keltiriladi. Jabroil alayhissalom: «Assalomu alaykum», deb payg’ambar sallollohu alayhi vasallam oldida paydo bo’ldilar va dedilar:
«Sen va manavi odamlar o’rtasida bo’lgan barcha narsalarni Olloh biladi. Olloh tog’larni sening amringga bo’ysundirish uchun bir farishtani vakil qilib yubordi».
Shunday deya Jabroil alayhissalom ul farishtani payg’ambar oldiga boshlab kirdi. Farishta payg’ambar sallollohu alayhi vasallamni olqishladi va dedi:
«Ey, Ollohning payg’ambari! Men sening xizmatingdaman. Agar istasang, mana shu shaharga ikki tomondan qarab turgan tog’larni to’qnashtirib yuborolaman, bu yerdagi barcha odamlar o’lib ketadi yoki sen ularga boshqacha bir jazoni taklif qilishing mumkin».
Rahm-shafqatli va olijanob payg’ambar sallollohu alayhi vasallam: «Mabodo bu kishilar Islomni qabul qilmasalar ham, ularning avlodlari Ollohni qadrlaydi. Olloh ishiga xizmat qilishiga mening ishonchim komil», dedilar.