Aslida "konvert" bo'regini turlari ko'p ekan. Bu bo'rekka "to'rtburchak" bo'rek ham deyisharkan.
Men 6 dona yufqadan 24 dona qildim. 1 kg yaqin ismaloq, 250 gr qiyma, 1 dona piyoz, 3-4 qoshiq yog', tuz, zira, murch yordamida ich tayyorladim.
Xamirlarni orasiga surish uchun 1 stakan sut, 0.5 stakan salat yog'i, 1 dona tuxumni oqi (sarig'ini ustiga ajratdim), 1 choy qoshig'i razrıxlitel' aralashmasi tayyorladim, rasmda ko'rganingizday xamirni bukib, oralariga sutli qorisha surdim. Ustiga tuxumni sarig'i va sedana ketadi. Oldindan isitilgan 180 darajali duxovkada 1 soatga yaqin pishirdim.
manba:
http://hayatcemresi2.blogspot.com/2011/11/ispanakli-kiymali-kare-borek.html