9-a. o‘rtalaridan e’tiboran sunniy F -huquqshunosligida faqat o‘tmishdagi yirik hukuqshunoslar ijtihod xukuqiga ega, degan goya qaror topa boshlagan edi, 10-a. o‘rtalariga kelganda esa, o‘zining huquqqa oid qarorlarini ta’riflab berish usullari tizimiga ega bo‘lgan yangi mazhablar yuzaga kelishi mumkin emas, degan e’tirozsiz yakdil bir fikrga kelindi. Binobarin, endi har bir faqih muayyan mazhab ta’limotiga ergashmog‘i darkor bo‘lib qoldi, buni taklid deb yuritadigan bo‘ldilar. Shu vaqtdan boshlab F. - huquqshunoslikning rivoji e’tirof qilingan mazhablar doirasida davom etdi. Bunda o‘tmishdagi yirik mujtahidlarning xulosalarini muntazam holatga keltirishga, ularning asarlarini sharxdashga, ularni qayta ishlab, qisqa va sodda to‘plamlar tayyorlashga asosiy e’tibor berildi. O’rta asrlarda va yangi davrda F. -huquqshunoslikka oid asarlar orasida fatvo to‘plamlari ko‘paydi. Fatvo to‘plamlari tartibga solinadigan mavzular bo‘yicha guruhlangan va har birining manbai ko‘rsatilgan favqulodda me’yorlar majmuasidir. Al-Quduriyning (1037 y. v.e.) "Muxtasar", Qozixonning (1196 y. v.e.) "Fatovo", Burhoniddin Ali Marg‘anoniyning (1197 y. v.e.) "Hidoya", Ibn Bazzozning (1414 y. v.e.) "Fatovo" asarlari bunga misol bo‘ladi. Sunniy faqihlar fatvolarining aksariyat to‘plamlari keng mazmunli bo‘lib, tahorat, namoz, dafn, zakot, ro‘za, haj, turli savdo-sotiq bitishuvlari va majburiyatlarini, mulkni tasarruf etish tartibotini, vaqf, meros, nikoh-oila munosabatlari har xil huquqbuzarliklar, musulmon hokimiyatini nomusulmon va b. davlatlar b-n munosabatlari, qozilik, kiyinish, ovqatlanish qoidalari va shu kabi asosiy bo‘limlarni o‘z ichiga oladi. Bir-biri b-n bog‘liq bo‘lgan ayrim masalalarga taalluqli ishlar ham borligi ma’lum. Mas., al-Mavardiyning (1058 y. v.e.) "al-Ahkom as-sultoniya" risolasi asosan xalifalikni tashkil etish va uning faoliyatini yo‘lga qo‘yish hamda shu munosabat b-n moliya, yer, jinoyat va qozilik hukuqiga bag‘ishlangan. Shia huquqshunoslari odatda boshqacha tasniflash yo‘lidan borib, F.ning barcha me’yorlarini to‘rt guruhga bo‘ladilar. Mazkur guruxdar ibodat tartibini, ikki tomonlama shartnoma (uqud), shu jumladan nikoh, muayyan shakldagi bir tomonlama bitim (iqo’at), jinoyat uchun javobgarlik va yetkazilgan zarardan kelib chiqadigan majburiyat yoki ixtiyoriy shakldagi bitishuv yoxud harakatlarni tartibga soladi. F., bir tomondan, akliy ta’limot bo‘lsa, ikkinchi tomondan ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish tajribasiga qaratilgan. F. -huquqshunoslikning ko‘pgina xulosalari amalda tatbiq etilib, islom ijtimoiy me’yorlari majmuasini tashkil etganligi bois ular ham F. iborasi b-n atala boshladi. F. musulmonlar orasida amal qilgan fe’l-atvor qoidalari ma’nosida ijtimoiy me’yorlarning har xil diniy, huquqiy, axloqiy turlarini, shuningdek, urf-odatlarni, oddiy xushmuomalalik va axloq-odob qoidalarini o‘z ichiga olgan, ya’ni keng, umumiy ijtimoiy tushunchadagi musulmon huquqi bo‘lgan. Shu majmuaga kiruvchi me’yorlarning turli toifalarini ijtimoiy munosabatlarda va shaxsiy fe’l-atvorda amalga oshirishning o‘ziga xos xususiyatlari bor edi. Chunki, musulmonlar diniy ahkomlarni imon-e’tiqod b-n ado etar va shu sababli ular juda mukammal bo‘lar edi. F. - huquqshunoslikning ko‘pgina qoidalari musulmonlar orasida rasm bo‘lgan va bu qoidalarga rioya etilishni kafolatlaydigan urf-odatlarni aks ettirar edi. Ammo, faqihlar ishlab chiqqan me’yorlarning bir qismi aksar hollarda davlat ishtirokida amalga oshirilar, davlatning majburlashi imkoniyatiga tayanar edi. Shu sababli, islomda yagona ijtimoiy-me’yoriy tartibga solish majmuasi tarkibida fe’l-atvorning huquqiy qoidalari (yuridik ma’nodagi musulmon huquqi) alohida o‘rin oldi. F. - huquqshunoslikning xulosalari davlat tomonidan buyurish rasmiy qo‘llab quvvatlash natijasida qisman amaldagi huquqqa aylanar, mas., tayinlab qo‘yilgan qozilar muayyan mazhab xulosalarini joriy qilar edi. Jumladan, abbosiylar hokimiyatni qo‘lga olgach, faqihlarni qozi lavozimiga ko‘tarish yo‘li b-n shunday xulosalarni qozilik tajribasiga tatbiq eta boshladilar. Yuridik ma’nodagi F. - hukuq shu asosda tarkib topdi, F. - huquqshunoslik uning manbai bo‘ldi. Musulmon faqixdarining ko‘p asarlari qozi va muftilar uchun amaliy qo‘llanma (dasturulamal) bo‘ldi, ko‘pincha ma’murlarning buyurtmasi b-n davlat mahkamalari uchun maxsus kitoblar yozib berildi. Abu Yusufning (798 y. v.e.) "Kitob al-xaraj"i yoki Boburiylar saltanatining hukmdori Avrangzeb (1658-1707) amri b-n 1669 y.da bir guruh hanafiy huquqshunoslar tuzgan "al-Fatovo al-hindiya" asari bunga misoldir.
Chigallik F. me’yorlarining ko‘pchiligaga xos xususiyatdir. Zero, ayni bir xil masalalarni hal etishda turli mazhablarning bir-biriga
to‘g‘ri kelmaydigan xulosalari tatbiq etilishi mumkin edi. Hatto bir mazhab ichida ham ziddiyatli qoidalar amal qilaverar, chunki F. huquq ko‘p jihatdan yirik huquqshunoslarning aniq masalalarga oid qarorlari yigandisidan iborat bo‘lib, ular ayni bir masala yuzasidan ko‘pincha turli xulosalarga kelar edilar. Shu sababli hatto davlat F. - huqukdagi muayyan tariqatni qo‘llab quvvatlashi ham bir xil me’yorlar tizimi belgilab qo‘yilganini bildirmas edi. Binobarin, F. - huquqning bir-biriga mos kelmaydigan ko‘pdan-ko‘p qoidalari orasidan qozi qaysi birini tanlab olishini oldindan bilib bo‘lmas edi. Shu sababli F.ning umumnazariy asosi asta-sekin birinchi o‘ringa chiqa boshlagani bejiz emas. O’rta asrlarda musulmon faqixlari qozilarning F. - hukuqqa oid yakka-yakka ko‘rsatmalari asosida uning umumiy qoidalari (al-Qavo’id al-Kulliya)ni shakllantirib berishga muvaffaq bo‘ldilar. Shu sohadagi ishlar orasida Ibn Nujaymaning (1562 y. v.e.) "al-Ashboh va-n-nazo’ir" asari yaxshi ma’lum. 16-17-a.larda chigal fatvolar b-n bir qatorda me’yoriy qoidalar uzil-kesil shakllantirib berilganligi ikkala ma’nodagi F. - huquqni rivojlantirishda eng yuqori nuqta bo‘ldi.
Islom mamlakatlari huquq tizimida F. -huquqning roli doimo bir xil bo‘lgan emas. Jumladan, 16-a.da Usmonli turk saltanatida va 17-a. 2-yarmida Boburiylar davlatidagi 'huquqiy amaliyotda uning qoidalari juda keng va izchil qo‘llanildi. Biroq, umuman F. - huquq hech qachon F. - hukuqshunoslik b-n to‘la-to‘kis mos kelgan emas. F. - huquqshunoslikning haqiqatda amalga oshirilgan, hokimiyat tepasidagi kuchlarning manfaatlarini ifodalagan va davlat tomonidan biron-bir tarzda qo‘llab-quvvatlangan qoidalarigina amaldagi huquqqa aylangan, faqihlarning boshqa xulosalari esa huquqiy nazariya doirasidan tashqari chiqmagan. Ayni vaqtda F. - huquq me’yorlarining turli majmualari shu jihatdan o‘z xususiyatiga ega bo‘lgan. Shaxsiy holat hukuqi (al-ahvol ash-shaxsiya) F. - huquqning eng rivojlangan tarmog‘i hisoblanadi. U oila-nikoh, meros munosabatlarini va ularga yaqin bo‘lgan boshqa ba’zi munosabat (huquq qobiliyati, vaqf tartibi va h.k.)larni tartibga soluvchi me’yoriy yig‘indisidan iborat. Jamiyatning iqtisodiy negizidan nisbatan xiyla olis bo‘lgan, ikki tomondan, diniy aqidalar b-n juda qatiy belgilab qo‘yilgan ushbu munosabatlarni tartibga solishda F. - huquq me’yorlari, odatda, boshqa tarmoklarga nisbatan juda keng qo‘llanilib keldi. Ammo, hatto oila-nikoh sohasida ham mahalliy urf-odatlar F. - huquq b-n raqobat qilar va amalda uning ayrim qoidalarini yo‘qqa chiqarib yuborar edi. F. -huquqning jinoyat (g‘ayriqonuniy harakat) tarmog‘i (al-uqubot), sajiyasi (xarakteri)dan qat’i nazar, barcha huquqbuzarliklar uchun jazo chorasini o‘z ichiga oladi. Faqat 10 ta eng xatarli jinoyat uchun qat’iy belgilangan jazo chorasi ko‘zda tutilgan. Mazkur tarmoq, shuningdek, F. - huquqning qozilar sudi (al-muhokamat) tashkiloti va uning faoliyatini tartibga soluvchi me’yorlari amal qilish sohasi davlat o‘tkazayotgan siyosatga bevosita bog‘liq edi, bu siyosat esa, uning dunyoviy va diniy vazifalari nisbatiga qarab belgilanar edi. Faqihlar ishlab chiqqan davlat huquqi, ma’muriy va moliyaviy huquq me’yorlari (al-ahkom as-sultoniya) F. - huquqning nisbatan ikkinchi darajali unsuri bo‘lib, ko‘p jihatdan mavhum nazariya edi, u soliq sohasidagina birmuncha izchil amalga oshirilardi. Musulmon ma’murlarning boshqa davlatlar b-n munosabatlarini, urush olib borish va harbiy o‘ljani taqsimlash tartibini, musulmon hukmdorning bosh din vakillariga nisbatan o‘tkazadigan siyosatini tartibga solish uchun faqixlar belgilab bergan as-siyar me’yorlari haqida ham shu gapni aytish mumkin. Shu me’yorlarning ayrimlarigina (jumladan, nomusulmonlarning huquqiy holatini belgilovchi me’yorlar) huquqiy tus olar va yuridik (huquqiy) ma’nodagi F. - huquqqa aylanardi.
Shuni ham nazarda tutish kerakki, o‘rta asrlarda islom mamlakatlarining huquqiy tizimlarida F. - huquq markaziy o‘rin olgan bo‘lsa ham, ammo barcha huquqiy me’yorlarni qamrab olmas edi. Bu yerda F. - huquq b-n bir qatorda davlatning faqixlar xulosalaridan ba’zan farq qiladigan va hatto ularga zid bo‘lgan qonun hujjatlari ("huquqiy siyosat" - as-siyosa ash-shar’iya) amal qilar edi. 19-a.ning 2-yarmida F. huquq nizomida jiddiy o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Buning eng muhim sababi shundan iborat bo‘ldiki, eng rivojlangan islom mamlakatlarida (xususan, Usmonli turk saltanati tarkibidagi el-yurtlarning ko‘pchiligida) F. - hukuq asoslari hollarda G’arbiy Yevropadan olingan qonunlarga yetakchi o‘rinni berib qo‘ydi. Natijada F. - huquq asosan shaxsiy holat munosabatlarini tartibga solish .sohasida o‘z mavqeini saqlab qoldi va mazkur mamlakatlarning davlat, ma’muriyat, jinoyat, savdr-sotiq hukuqida, ko‘p jihatdan fuqarolik huquqida ham qo‘llanilmay qo‘ydi. Shu b-n birga bu davrda 1869-1877 ylarda "Majallat al-ahkom al-'adliya" degan hujjatni qabul qilish yo‘li b-n uning me’yorlari birinchi marta rasmiy ravishda sharoitga moslashtirib olindi, bu ish Usmonli turk saltanatining fuqaro kodeksida muhim rol o‘ynadi (hozirgi paytgacha ham shu hujjat Kuvaytda qisman qo‘llanib kelinmokda). Diqqatga sazovor tomoni shuki, mazkur qonun F. -huquqshunoslikning hanafiylik mazhabi xulosalari asosiga kurilgan bo‘lib, jumladan, Ibn Nujaymaning risolasidan olingan aniq me’yorlarni ham, umumiy qoidalarni ham o‘z ichiga olgan edi. 19-a. 2-yarmi va 20-aning boshlarida hukumat ma’murlarining topshirig‘iga binoan tayyorlangan qonun loyihalari tarzidagi asarlar (mas., Qadri Posho, D.Santillana va M.Moranning shaxsiy holatga oid ishlari) paydo bo‘lganligi diqqatga sazovordir, ammo, ular davlat tomonidan e’tirof qilinmadi. Garchi 19-a.ning 2-yarmidan F. - huquqning ahamiyati tobora pasayib borgan bo‘lsa ham, hoz. vaqtda uning ayrim tarmoklari, tartib-qoidalari va me’yorlari ko‘pchilik aholisi musulmon bo‘lgan Sharq mamlakatlarida biron-bir tarzda qo‘llanilmoqda (faqat Turkiya bundan istisnodir, bu mamlakat 20-y.lardan e’tiboran undan butunlay voz kechdi). Shaxsiy holat tarmog‘i izchil, keng va deyarli bekamu ko‘st amal qilayotir, ayrim hollarda (mas., Tunis va Yamanda) F. - huquqning oila-nikoh masalalariga oid qoidalari birmuncha o‘zgartirildi. F. - huquqning tartiboti jinoyat hukuqida (mas., Saudiya Arabistoni, Yaman, Fors ko‘rfazi mamlakatlarida) ham o‘z ahamiyatini sakdab kelmokda, ammo bir qancha mamlakatlar (Liviya, Eron, Pokiston, Mavritaniya va b.)da huquqning tarmog‘iga uning ta’siri 70-y.lardan boshlab hatto kuchayib ketdi. Fuqarolik va savdo huquqi haqida ham shu gapni aytish mumkin. F. - huquqning bu sohadagi me’yorlari vaqflarning huquqiy holatini tartibga solib kelmoqtsa (vaqflar tugatilgan Jazoir, Tunis, Yaman bundan mustasno). Bu me’yorlar fuqarolik kodeksiga ayrim moddalari (mas., huquqni suiiste’mol qilish, qarzni o‘tkazish, yerni ijaraga olishga oid moddalar) tarzida kiritilgan. Keyingi 10-15 y.da bir qancha mamlakatlar (Liviya, Pokiston va b.) fuqarolik va tijorat huquqida F. - huquq me’yorlarini qo‘llash miqyosi kengaydi. F. -huquqqa asoslangan soliq va moliya qonunlari (jumladan, foyda - ribo olishni taqiklaydigan va shu asosda islom banklari faoliyatini tartibga soladigan qonunlar) qabul qilingani bunga sabab bo‘ldi. Ko‘pchilik islom mamlakatlarida musulmon (shariat) sudlari saqlanib qolayotir (arab mamlakatlaridan faqat Tunis, Jazoir, MAR, Yamanda bunday sudlar tugatilgan). Ularning tashkil etilishi va faoliyati ko‘p jihatdan F. - huquq me’yorlari b-n tartibga solinadi. F. - huquq qoidalari va me’yorlari ayrim mamlakatlar (avvalo Saudiya Arabistoni) davlat hukuqida aks etgan va hoz. vaqtda 1979 y. konstitutsiyasida islom respublikasi deb e’lon qilingan Erondagi davlat shaklida juda yaqqol ko‘rinib turibdi. Shuni ham aytish kerakki, barcha islom mamlakatlarida yoxud boshqa mamlakatlar aholisining ozchiligani tashkil etuvchi musulmon jamoalarida diniy qoidalar va namoz tartibini belgilovchi F. -huquq me’yorlari hali ham qo‘llanilayapti. Hoz. sharoitda F. rasmiy huquq manbai sifatidagi ahamiyatini saklab qolgan. Bir qancha mamlakatlarning shaxsiy holat va jinoyat huquqiga oid qonunlarida ko‘zda tutilishicha, agar qonunda tegashli me’yorlar bo‘lmasa, F. - huquqshunoslik xulosalari qo‘llanilishi lozim. Ba’zi mamlakatlar (Misr, Suriya, Liviya, Iroq, Jazoir, Kuvayt)ning fuqarolik kodekslarida ham shunday qoida belgilangan. Hoz. vaqtda ko‘pgina islom davlatlarining konstitutsiyalari fiqhning asosiy va o‘zgarmas me’yorlarini qonunchilikning asosiy manbai deb tan oladi. Davlatning F. - huquqqa nisbatan bunday siyosati F. huquqshunoslikka oid ilmiy ishlarni rag‘batlantiradi. Bu ishlar ikki asosiy yo‘nalishda olib boriladi. Nazariy ilohiyot b-n chambarchas bog‘liq bo‘lgan birinchi yo‘nalish an’anaviy fatvo janridan iborat (Misrning sobiq muftisi Hasanayn Muhammad Maxlufning ikki jildli fatvolar to‘plami bunga misol). Ikkinchisi - F. nazariyasi va tarixiga oid asarlardir.