Bu nonchalar judayam to'yimli va dasturxoningizga ko'rk bag'ishlaydi, agar erinmasangiz kichkinaroq qilsangiz, yana ham chiroyli bo'ladi:)
MASALLIQLAR:2 stakan (200 ml) iliq sut
1 stakan qatiq
1 stakan salat yog’i (men zaytun yog’i soldim)
2 dona tuxum
2 qoshiq shakar
1 qoshiq droja
0.5 qoshiq tuz
7-8 stakan un
Ichiga solish uchun pishloq turlari, murabbo, shokolad vhk. Kesilgan joyiga surtish uchun krem peynir- slivochnıy sır...
Tayyorlanishi"¢ Xamir masalliqlarini aralashtirib, yumshoq xamir qoring. 5 daqiqa yaxshilab yo’g’iring. Ustini yopib, shishguncha kuting-20 daqiqa qadar.
"¢ Xamirdan 2 dona yong’oq kattaligida bo’lak olib, zuvalachalar qiling.
"¢ Yog’lanmagan duxovka idishingizga tering. Listda 2 barobar shishguncha kuying.
"¢ Ustiga tuxum va 2 qoshiq yog’ aralashtirib surting.
"¢ 200 darajalik duxovkada usti qizarguncha pishiring.
"¢ Shirmoynonchalar pishib, biroz iligandan keyin, o’rtasidan kesing. Ichiga xohlagan masalliq’ingizdan soling: men krem peynir (slivochnır sır) va fındıkdan tayyorlangan krema soldim. Ya’ni tuzli va shirin qildim
"¢ Kesilgan qismiga yana krem peynir surting.
"¢ Pishloq surtilgan qismini mayda to’g’ralgan petrushka, ukrop, qirg’ichdan o’tkazilgan pishloq, garmdori va sedanaga botiring. Tezda yopishadi zotan. Agar ichi shirin bo'lsa, hecha narsaga botirmasangiz ham bo'ladi, xohlasangiz shokolad surting...
"¢ Yoqimli ishtaha