Shoxjahon12ga
Assalomu alaykum!
1. Nima sababdan oldingi nickizga 12 raqamini qo'shib oldingiz? Buni sababi bormi?
2. Siz forumni "veteranisiz ". Oldingi forum bilan hozirgi kundagi forumning farqi nimada? + va - tomonlari nimada?
Avvalo savol uchun katta rahmat!
1) Negadir 12 raqami manga juda yoqadi. Va shu bilan birga manga omadli ham. Masalan, 2001 yil 12 (!) avgust kuni Universitetga kirganligimni bilganman. Bir yil 12 oydan iborat. Sevimli futbolchim Franchesko Toldo ham 12 raqam ostida harakat qiladi. Onamlarning tug'ilgan kunlari 12 iyun. Rafiqamning tug'ilgan kuni 12 oktyabr. 2005 yil 12(!) sentyabr kuni Koreya Respublikasidan Vatanimga qaytib kelganman. Qo'l telefonimni oxirgi raqami ham 12. Xullas, aytaman desam 12 raqami bilan bog'liq omadli jihatlar ko'p. Shuni uchun ham 12 raqamini yoqtiraman...
2) Ha, rost aytdingiz, nokamtarligim uchun uzr,AbdulAziz,men, Bonu degan userka bo'lardi, Namangandan Nargiza85 degan userka bo'lardi, Noza forumga birinchi tamal toshini qo'yganlardan edik. U paytlarda men Koreyada edim va Vatan sog'inchi meni internetdan hamyurt dos'tlarni izlashni talab etdi. Va ziyouz.com saytini topib olganman. Dastlab saytga maqolalar yozib turdim.Keyinroq forum ochildi.
3 yil oldingi forumni + tomonlari:
+ Userlar bir-birlarni juda hurmat qilar va qo'pol so'zlardan o'zlarini tiyar edilar;(Hozirgilar ochiqdan ochiq bir-birlariga "tosh otadilar").
+ Userlar juda izlanuvchan va ijodkor edilar;
( Hozirgilar,kechirasizlaru, boshqa saytlardan manbani ko'rsatmay ko'chiradilar).
+ Xorijdagi userlar albatta o'sha mamlakat haqida "reportaj"lar yozib, rasmlar kiritib turar edilar; (Hozir "Xorijiy bo'lim xuvillab qolgan).
+ Forum tarixida ilk marta xorijlik userlar ham paydo bo'lgan edi;( Hozir manimcha xorijlik user qolmadi , hisobi).
Hozirgi forumni + tomonlari:
+ Userlar ko'pchilikni tashkil qilmoqda. Demakki, forumga qiziqish kuchaymoqda. (Avvallari, userlar barmoq bilan sanarli edi).
+Mavzular xilma-xil;
+ Baxs-munozara bor;
+ Va eng muhimi: FORUM HAMMAMIZNING BILIM MANBAYIMIZGA AYLANIB BORMOQDA!