NIKOH KITOBI BISMILLOHIR RAHMONIR RAHIYMI
Nikohga targ‘ib qilish haqida. Olloh taolo bu xususda: «Bas, nikohlaringizga
olingizlar xotinlardan ta’blaringiz suygan ikki va uch va to‘rttasini»,—deydi
(«An-Niso» surasi, 3- oyat)
Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Uch nafar kishi Janob Rasulullohning ayollari yashaydirgan hujralarga kelib, ul zotning toat-ibodatlari xususida so‘radi. Ayollar bu haqda xabar berishgach, ular tortishib: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qayoqdalar-u, biz qayoqdamiz, ul zotga tenglashishga bizga yo‘l bo‘lsin! Axir, Olloh taolo ul zotning sobiq va kelgusi gunohlarini mag‘firat qilgan-ku!» — deyishdi. Shunda ulardan biri: «Ammo, men bo‘lsam, doimo tunda namoz o‘qiyman»,— dedi. Boshqasi: «Men og‘iz ochmay uzok, ro‘za tutaman (ya’ni, surunkasiga bir necha kun og‘iz ochmay ro‘za tutaman)»,— dedi. Yana biri: «Men ersam, ayollardan nari yuraman, hech qachon uylanmayman»,— dedi. Keyin, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kelib, ularga: «Shunday va shunday deb aytgan sizlarmi? Ammo, Olloh taolo haqi, men Olloh taolodan sizlardan ko‘ra ko‘proq qo‘rqib taqvo qilurman, lekin men ro‘za ham tutaman, og‘iz ham ochaman, namoz ham o‘qiyman, dam ham olaman (uxlayman ham), ayollarga uylanaman ham. Kimki mening sunnatimdan yuz o‘girsa, u mendan emasdur (ya’ni, mening ummatim emasdur)!»—dedilar».
Zuhriy rivoyat qiladilar: «Urva Oisha onamizdan Olloh taoloning «Va agar sizlar yetim qizlarga nisbatan noinsoflik qilib qo‘yishdan qo‘rqsangizlar, bas nikohlaringizga olingizlar xotinlardan ta’blaringiz suygan ikki va uch va to‘rttasini, agar barobar (teng) ta’minlay olmasligingizdan qo‘rqsangizlar, ul holda bir xotin kifoya qilur yoki mulklaringiz bo‘lmish cho‘rilarni nikohingizga olsangiz bo‘lur, bunda umid borki, bir tarafga og‘massizlar» («An-Niso» surasi, 3- oyat) degan oyati karimasi haqida so‘radi. Oisha onamiz: «Ey jiyanim, (odatda) yetim qiz o‘z valiysining nazoratida bo‘lib, valiy uning molu jamoliga qiziqadi-da, bir oz mahr berib unga uylanmoqchi bo‘ladi. Shu boisdan ham, valiylar (etim qiz asraganlar), to‘liq mahr bermay adolaqizlik qiladilar deb, yetimcha qizlarga uylanishdan qaytarildilar, ammo yetimcha qizlardan bo‘lak ayollarga uylanishlariga ijozat berildi»,— dedilar».