Ey ojiz qori! Sening qiroatdan olgan ulushing — Qur’on kalimalarini g‘o‘ldirashu, ular bilan tilingni qimirlatish xolos. Agar o‘qiyotganlaringni fikr eta olsayding, mursallar sayyidining soqolini oqartirgan narsa sening o‘takangni yorgan bo‘lardi. Bilginki, Allohning Kalomi-ni tilidagina takrorlaydigan qori Qur’on samarasidan mahrumdir.
Qiyomat Qur’onda ko‘p zikr qilingan mavzulardandir. Quyida bu Kunning turli-tuman nomlanishlari va ularning ma’nolaridan voqif bo‘lamiz. Maqsad Qiyomatning turli-tuman nomlarini takrorlashdangina iborat emas, balki u Kunni aql egalariga eslatish. Bilginki, Qiyomatning har bitta nomi ostida bir sir yashirin, har bir sifat alohida ma’noga ega. Bas, ma’nolarni ilg‘ashga urin!
Qiemat kuni (jasadlar tirilib, tik turadigan kun),-Xasrat kuni, Nadomat kuni, Hisob kuni, So‘ralish kuni, Musobaqa kuni, Munoqasha (bahs-muiozara) kuni, Munofasa(raqobatlashuv)kuni, Zilzila kuni, Damdama(momoqal-diroq) kuni, Soika(chaqmoq) kuni, Voqea kuni (qyyomat voqe bo‘ladigan kun), Al-Qoria kuni(qalblarni qattiq qoquvchi kun), Rojifa kuni (sur birinchi marta chalinib, yerni titratguvchi kun), Rodifa kuni(sur ikkinchi marta chalinib, barcha narsaga kdytadan hayot ato etiladigan kun), G’oshiya kuni(o‘z dahshati bilan o‘rab oladigan kun), Dohiya(dahshat) kuni, Al-Ozifa kuni(yaqin kun), Al-haaqqa kuni(aniq ro‘y beruvchi kun), Tomma(balo) kuni, Soxxa(quloqlarni kar qilguvchi dahshatli qichqiriq)kuni,Talaq(muloqot) kuni, Firoq(ajralish)kuni, Masaq(haydalish)kuni, Qasos kuni, Nido kuni, Hisob kuni, Qaytish kuni, Azob kuni, Qochish kuni, Uchrashuv kuni, Baqo kuni, Qazo kuni, Jazo kuni, Balo kuni, Yig‘i kuni, Hashr kuni, Va’id (qo‘rquv)kuni, Namoyish kuni, Amallar tortiladigan kun, Xdq kuni, Hukm kuni, Ajralish kuni, Jamlanish kuni, Tirilish kuni, Ochilish kuni, Xorlik kuni, Ulug‘ kun, Aqim (tug‘mas, ya’ni ertasi yo‘q ) kun, Asir (og‘ir) kun, Din(jazo) kuni, Yaqiyn kuni, Yaushur(tirilish) kuni, Masir (qaytish) kuni... U shunday kunki, kishi o‘z og‘a-inisidan, onasi va otasidan, xotini-yu bola-chaqasidan qochadi. U kunda na gapiriladi, na tinglanadi, mol ham, bola-chaqa ham foyda bermaydi. Zolimlarning uzri o‘tmaydi, ularni faqatgina la’nat va yomon oqibat kutadi. U kunda ko‘zlar qo‘rquvdan qotadi, ovozlar o‘chadi,yashirinlar oshkor bo‘ladi. U kun bandalar Mah-shar maydoniga xaydaladi, yosh bolalar qarib qoladi, qari-lar hushdan ayriladi.