Assalamu alaykum azizlar...
Qayerga kiritay deb, shu yerda ma'qul topdim... Bir eshitib ko'ringa...
Qizlarni ochiq sochiq kiyinma deb koyishadi... Saaal o'ransa, voy ro'molingni o'rama, vahobiymisan, jihodchimisan deyishdan ham toyishmaydi... Nega shunaqamiz a?...
Turfa xilliklar juda ko'p jamiyatimizda, hayotimizda... Alloh rozi bo'lsin, birodarlarimiz juda ko'p, tushunadigan, fikr bildirishdan oldin yetti o'lchaydigan, Alloh rozi bo'lsin ulardan...
Bir kuni yoshi katta fahmimcha 35lardan oshgan opamizga savol berdim. Opajon, dayus kim o'zi? Ular aytdilarki ayoli, opasini rashk qilmaydigan dayus bo'ladi. So'radim, unda boshini ochib kalta kiyganlarning akasi, ukasi ayniqsa otasi dayus ekan-da? Ular aytilar tavba degin dayus deb undaylarni aytmaydi, endi qizini, singlisini kiyimiga ham erkak kishi aralashsin.
Dugonam hayratlanib aytib berdi: Onasi har duolarida farzandlariga Allohdan taqvo va hidoyat so'rar ekan, kunlar o'tib farzandlari ayniqsaki dugonam namoz o'qishganda, bolam hali yoshsan, Xudo xohlasa namozga ulgurasan deb namozlariga to'siq bo'lmoqchi bo'lishishibdi. Hijob o'rayman deganida esa, Vahobiymisan, yuzimni yerga qaratasanmi deya so'zlari b-n koyib bunga ham ruhsat berishmabdi. Ammo qizig'i shundaki, ayni qarshi bo'lishgan kuni, kechki ovqatdan keyin, Onasining "Allohim qizimga o'zing to'g'ri yo'l ko'rsat, ro'mol deb adashtirayotganlarni o'zing jazosini ber, o'zing hidoyatingdan ayirmagin" deb duolarini eshitib qolibdi...
Ajib, kattalarimiz duo qilishishadi qilgan duolari ijobat bo'lganda esa...