Kitob do'konining boshqalardan ajoyib farqi shuki, bu do'konga har bir xaridor o'z tarozusi bilan keladi.
Kimningdir sotuvchidan so'raganini eshitdim:
- Qalin kitoblardan bormi?!
Sotuvchi mayda yo'qligini vaj etib, qaytim o'rniga bir kitobcha berganida, xaridor ajablanib goh sotuvchiga, goh kitob muallifining ismi sharifiga tikilib qoldi.
- Shunday qaytimdan xudo saqlasin!
Omon Matjon "Quyosh soati" kitobidan