6. Savol: Siz uchun [kelajakda] turmush o'rtog'ingizda bo'lishi kerak bo'lgan eng asosiy 3 hislat?
Javob: Men turmushga chiqqanman, lekin turmush o'rtog'imda ko'p hislat bo'lsin, deb kech turmush qurdim. Ko'p o'yladim, turmush qurmasdan oldin. Qanday inson meni baxtli qila oladi, deb. Avvalambor, Ollohning butun farzlarini bajaraolmayotgan bo'lsam ham (Rabbim eng qisqa zamonda bajarishni nasib etsin jumlamiz uchun) Rabbimga shukrlar bo'lsinkim, Musulmonman va bu dunyoning sinov dunyosi ekanligini va asl hayotni ham bu yolg'on dunyoda qozonishimizni mantig'im, miyyam bilan qabul etganlardanman. Shunday ekan, boqiy dunyodagi yerimizni qozonishimizda er-xotin juda muhim, undan bo'ladigan farzandlar ham albatta juda juda muhim. Bola-balodir, derdilar ayam. İymonli qancha insonni, bola shirinlik qilib boshqasinin haqqini yeganini ko'p ko'rganman afsus...
Hullas men turmush o'rtog'imda avvalo shularni so'ragandim.
1. Ollohdan haqiqiy ma'noda qo'rqishini hohladim doimo, nima uchun haqiqiy ma'noda, chunki men Musulmonman, deb Ollohning shartlarini bajarmasdan yurgan qancha "Musulmon" bor afsus, din mavzusida mendan ancha ustun bo'lsin, menga o'rgatsin, namoz o'qiganda men ham ta'sirlanay, duo qilganda barobar hayajonga tushib yig'laylik, dedim.
2. Harom-halolga juda diqqat etsin, deb duo qildim. Rabbimga shukrlar bo'lsinkim, halol bir oilaning farzandi, qaynotam halollik mavsuzida juda "qattiq turadilar". Bir kuni: "Olloh shohid bo'lsinkim, shuncha yillik umrimda bazan och qoldik bollarim bilan, lekin bir luqma harom yedirmadim," degandilar. Shu gaplari "quloqlarimga sirg'a bo'ldi". Rabbim barcha ota-onalarga mana shunday dadil gapira olish nasib etsin insholloh.
3. Ota-onasiga mehribon, oilasiga bog'liq bo'lsin, deya duo qilardim. Chunki erkak kishi oilasiga bog'liq bo'ldimi, bilingki, kelajakda ayoli, farzandlariga ham juda bog'liq bo'ladi. Mehr berish hayot davomida o'rganilmaydi, u sut bilan birga insonni vujudiga kiradi, eng boshda ota-onani qarashlari bilan mehr tanasiga singadi. Yani mehr ko'rgan insongina mehr bera oladi...
Rabbimga minglarcha shukrlar bo'lsin, duolarimni hammasi ijobat bo'ldi. Men aslida qizg'onchiq inson emasman, "tanigan bilganlarim mendan ham baxtli bo'lishsin, ularning faqat hush xabarlarinigina olayin," deb duo qilaman.
Bu forumda turmushga chiqqan qizlarimizni Rabbim oilalariga tinchlik-barakot bersin, uylarida huzur bo'lsin. Hali turmushga chiqmagan qizlarimizga esa, Rabbim o'zini yo'lidagi, iymonli va ayolini qadriga yetadigan birodarlarimizdan nasib etsin insholloh....
7. Savol: Sizni postlaringizni o'qib juda quvnoq va xushchaqchaq ekanligingizni taxmin qilyapman. Hayotda ham, ayniqsa boshingizga biror yomon kun yoki sinov tushganida ham shunday bo'la olishga o'zingizda kuch topa olasizmi? Yoki kuch topa olganmisiz?
Javob: Savolingizga o'z xarakterim, yashash tarzim, o'qigan-bilganim va eng asosiysi esa boshimdan o'tgan voqealarning menda qoldirgan ta'sirlaridan kelib chiqqan holda javob beraman. İlgari ham ta'kidlab o'tganimday men hech qachon bu forumdagi boshqa bazibir a'zolarday Diniy bilim olgan emasman. Shuning uchun bazi fikrlarimni, "œMusulmon bunday o'ylamasligi kerak", "œShunday yashash kerak," deb qarshilamanglar. Va yoki "œFikrlaringiz boshqalarga ham ta’sir qilishi mumkin", demanglar. Bu mening shahsiy fikrlarim.
Avvalo, "œyomon kun" degan tushunchani har kim har hil qabul qiladi. İnsonlarning yoshlari, diniy inonchlari, ularning hayotdagi voqealarni "œyaxshi kun", "œyomon kun" deb belgilashlarida katta rol o’ynaydi. Masalan, men uchun bundan bir necha yil oldin "œyomon kun" bo’lib sanalgan kunlar endigi kunda yomon hissoblanmaydi. Buning sababi, yoshimning ulg’aygani, tajribalarimning ortgani, ancha-muncha voqeani ko’raverib, "œko’zim pishib ketgani" bo’lsa kerak.
Shu onda men uchun eng yomon kun bir-ikki sabab bo’lishi mumkin. Undan tashqari, xayolingizga ham kelmagan voqealar men uchun oddiy holga aylandi. Masalan, buvim vafot etdilar, Olloh u kishini rahmat aylasin. Yani onamning onalari, onamday aziz, qadrdon, bizga singgan mehnatlarining son-sanog’i yo’q. Nevaralarining ichida ham menga juda boshqacha muhabbatlari bor edi. Men Turkiyada bo’lganim uchun o’lim habarlarini faqatgina 1 oydan keyin singlimdan majbur so’rab bildim. Menga aytishmabdi, uzoq yurtda siqilib yurmasin, ho’jayinini ham ikki oyog’ini bir etikka tiqmasin, deb. Dabdurustdan yo’lga chiqa olmaydigan uzoqlikdaman.. Lekin tushlarimda ayon bo’lgan edi vafot etganlari. İchimda juda g’alati iztirob bor edi. Ho’jayinim ham juda hassos inson, ovozimni qanday chiqqanidan darrov nima bo’lganini tushunadi. Balki u oddiy odamlarday kechasi kunduzi aniq bo’lgan, uyga kelish vaqti belgilangan ishda ishlaganda men ham to’yib to’yib yig’larmidim, balki bir necha kun aza ham tutarmidim. Ayollik vazifalarim ustun keldi, uyqusini to’yib ola olmayotgan, kechasi kunduzi qorishiq, Allohning menga omonat deb bergan qulini, o’lim xabari bilan dunyoviy shaklda o’ylab, yig’lab-siqtab hafa qilgim kelmadi. Xabarni sokin bir shaklda ertasi kuni aytdim"¦. Turmush o’rtog’im bilan birga "œYosin" o’qib, duo qildik, bu dunyoning qanchalar qisqa va vafosiz ekanligi, bir kun bizning ham u diyorlarga ketishi haqida suhbatlashdik.
Masalaning yana bir tarafi bor, Turklarda bir gap bor: Asosiysi aytilgan, yozilganlar emas, aytilmaganlar va yozilmaganlaridir"¦Nima uchun bu gapni aytdim, chunki forumda mening hushchaqchaq postlarim, aslida ichimdagi doimo "œmelanxolik" bo’lgan yonimni so’ndirish uchun. Buning ham sababi mening dunyoga kelmasimdan avval ona qornidaligimdayoq ayamning dard-alamlarini birga yashaganim va xarakterimning ko’proq "œinsonni yig’latadigan, siqadigan narsalarni yaxshi ko’radigan" turdan bo’lishi. "œİbrat izlaganga ibratdir dunyo" mavsuzida qoldirgan rasm va yozuvlarimni ko’rib, o’qisangiz qarshingizga tamoman boshqa Kapalak chiqadi"¦Ayam menga homilador ekanliklari bilmagan paytda dadam taraf bilan arazlashib ota uylariga ketgan ekanlar. Sababi ikki oilaning diniy va dunyoviy fikr va bilimlarining farqli bo’lishi. Qizni uzatayotgandda yigitning hamma narsasini so’rashadi afsus, Diniy Bilimi, Dinni yashashi qandayligini o’ylashmaydi"¦ Ayollarning ko’pchiligi biladi, bola necha oylik bo’lishidan qat’iy nazar onaning butun hissiyotlarini sezar ekan. Menga homila ekanliklari aniqlangandan keyin (u paytlar xozirgiday tibbiyot rivojlanmagan edi) yana bir necha oy uyda turibdilar. Xatto onam tarafdan ko’p qarindosh "œbolangni oldir, nima qilasan ko’paytirib, otasi senga ega chiqadimi yo’qmi", deb ancha zug’um qilishgan ekan. Lekin ayam "œmen bu bolani oldirmayman, o’zim katta qilib olaman", deb gaplarida qattiq turibdilar.
Keyin dadam va oilasi bilan yarashib men 6 oyligimda uyimizga qaytgan ekanlar. Men tug’ilgunimcha sekin-asta eski ginalar unutilsin, deb xarakat qilishibdi. Bolaligim ham oson kechmadi. Men maktabni bitirib ketganimdan keyin maktabimdagi o’qituvchilar doimo singillarimga meni o’rnak qilib ko’rsatishar ekan: "œBiz Zamirani tishining oqini ko’rmaganmiz, sizlar ham opangizday jiddiy bo’linglar," deyisharkan. Maktabni bitirgandan keyin sinfdoshlar uchrashdik, men u payt Nizomiyda o’qirdim. Universitetga kirgandan keyin eski hollarimdan, doimo tund sur’atimdan qutulish uchun ko’p urindim. Chunki eski kunlardan qolgan hotiralar bilan yashasang yangi kunni qadriga yeta olmaysan. Qolaversa men o’qituvchi bo’ladigan, hali har hil joylarda hilma hil inson bilan ishlaydigan biri edim"¦
Hullas sinfdoshlarim ishonasizmi, meni taniy olishmadi, xarakter ma’nosida. İlgari doimo jiddiy sur’atli, qattiqqo’l( klasskom edim 10 yil, ancha muncha sinfdosh bolani urganman, "Bolaligim seni sog’indim" mavzusida yozganman) bo’lgan Zamira kulimsirab gapirar edi.
Ham oilamizda ham opa bo’lganim uchun dadam-ayamdan doim "œSen opasan, singillaringa o’rnak bo’lishing kerak" deyishardi. Psixologiya o’qiganlar biladi, bu tur jiddy talablar bolani bolaligini yashay olmasligiga, soxta va eng asosiysi boshqalar uchungina jiddiy bo’lishga undaydi.
Ho’jayinim, menga so’z bergandi, "œmen senga bolaligingni yashataman", deb. Hayot hikoyalarimni eshitib shunday hulosaga kelgan bo’lishi kerak.
Eng yomon kunlardan biri, o’tgan yillarda, "O’zbegim", deb o’zimizga yaqin olgan singlimiz tarafidan "œshantaj" qilinishim bo’ldi. Shantaj mesaji kelganda men har hil millatlarga oid o’rtog’larim bilan, juda halol bir opamizning uylarida iftor dasturxonida edik. Menga alam qilgan yoni nima bo’ldi, bilasizmi, mehmonlarim bilan hali birga namoz o’qimoqchi, duolar etmoqchi edik. Biz uchun ataylab pishirilgan taomlardan Ozi’ga shukrlar keltirgan holda mehmonlarim bilan yemoqchi edik. İshtaham qolmadi, majbur mehmondan erta ayrildik. To’g’ri qizni uyiga bordim, kelishimni kutmagan ekan, chunki qayerda ekanligini bilmasdim, faqat mehmonga olib borgan o’rtog’larimdan biri aytib qoldi, shu yerda deb. Uzundan uzoq gaplashdik. Qizgina yig’ladi, siqtadi. "Kechiring meni, men yomon kunlarga tushib qoldim. Universitet ishlarimni hal qila olmayabman, sen talabalarni bosh’lig’isan (İstambul Shahar Hokimiyatida İstambulda o’qiydigan O’zbek talabalarning (vojagi) boshi edim) menga yordam berishing uchun shu yo’lni tanladim, men yomon gunoh ishladim,"dedi"¦Men ham nima derdim, sokin edim. Ertasi kuni u bilan Universitetiga borib, dissertatsiya domlamni yordami bilan tanish domla topdik va qizni ishlarini hal qildik. Qizga esa: Menga qara, men sendan qo’rqqanim uchun emas, Allohdan qo’rqqanim uchun uchun senga yordam berdim, dedim, buni unutma va boshqa hech qachon bunday qilma, chunki boshqalari menday sabrli qabul olmasliklari mumkin"¦.
Qizning uyini aytgan dugonam, "Zamira sendagi sabrga hayron qoldim, men bo’lsam qizni bo’g’ib o’ldirib qo’yardim o’sha payt", degandi. Men esa "œAlloh bilsin, yetar", dedim.
Bunday misollarni sanayversam adog'i, yo'q...
Shunday hollarda siz o’ylayotganday kula olmayman, lekin chora topishga, sabrli bo’lishga harakat qilaman. Chunki hayotdagi har bir voqea, asosiysi yomon, deganlarimiz, bizga kuch beradi, ichimizdagi Alloh bergan butun go’zal sifatlarni o’rtaga chiqaradi"¦.
Alloh barchamizni yomon kunlardan saqlasin, men boshimga yomon kun, voqea kelganda nimaga hafa bo’laman, bilasizmi, ota-onamning eshitib, hafa bo’lishlaridan. Shu yoshimga qadar ota-onamga moddiy-ma’naviy dard-iztiroblarimni eshittirmasdan, o’zim Allhoning yordami bilan ustasidan kelishga harakat qildim. Bundan keyin ham shunday bo’lishim uchun duo qilaman.
8. Savol: Siz yashayotgan joydagi nikoh to'yi bilan bog'liq eng yomon odat qaysi(lar)?
Javob: Hozirda Turkiyadaman. Allohga shukrlar bo'lsin, turmush o'rtog'imning oilasi va bilganimchalik sulolasi dindor va ichkilik degan narsa hech yo'q nikohda yoki boshqa marosimlarda.
Menga nikoh, to'ylarda hamma harakatning ikki yoshning ertangi hayoti uchun qilingani juda yoqdi. To'yga kelgan qarindoshlar orasida pul, oltin yig'iladi. Hammasi kelin-kuyovga beriladi.
To'yda bizga o'hshab (men 5 yil oldingacha ko'rgan to'ylarimda shunday edi, baki xozir yanayam yaxshidir, degan umiddaman) ota-ona butun yiqqan pulini artistga, dasturxondagi noz-ne'matga bermaydi. Meva suvi, yonida torti keyin bodomga o'hshash narsalar beriladi holos. Yani dasturxon asosan bo'm-bo'sh bo'ladi:) shu tarafi menga uncha yoqmaydi lekin aytganimday kelin-kuyovga qolsin pul deb, ko'p harajat qilishmas ekan. Keyin bizga o'hshab hech qanday tabrik so'zi aytilmaydi....
9. Savol: 1. Jufti halolingiz internetdan foydalanishizga qarshilik qilmaganmilar?
2. Netdan foydalanishda qandaydur chegara va hadlarni belgilaganmilar?
3. Oilali ayollarning netdan foydalanishiga munosabatingiz?
Javob: 1. Ho'jayinim men hohladim deb internet oldilar uyga. Agar sen Universitet o'qimagan biri bo'lganingda internet olmagan bo'lardim. O'qigan odam, oq-qorani tushunadi, deb o'ylayman, degandilar. Qolaversa ilgari ham yozganimday, bir ziyouz forumiga a'zoman. Ho'jayinimga aytganimda, mayli O'zbekcha gaplashib turishing uchun, Vatanni sog'inchini bir navi bo'lsa ham ozaytirishing uchun kerakli, deb bu forumga rozi bo'lgandilar.
2. İnternetda hohlagan saytimga kirishim mumkin. Ho'jayinim uchun ham shunday.
3. Ayol bilan erkak orasida bir-biriga ishonch bo'lmaganidan keyin bu munosabatga "oila" deyish mumkin emas. Hatto do'stliklarda ham qarshingizdagi insonga ishonch berishingiz va olishingiz kerak, aforizmlarda yozganimdek, ishonch bo'lmagan joyda sevgi ham bo'lmaydi.
Ayol ham erkak ham aniq bir maqsad uchun, haloli bilan internetdan foydalansa albatta uni mevasini ko'radi. Keyin meni ho'jayinim kechalari ishlaydi bazan. U uyda bo'lmagan vaqtlari yana uning izni bilan ko'proq internetdan foydalanaman.
Har kim o'z vazifasini vaqtida, haqqi bilan bajarsa hech qachon anglashilmovchiliklar bo'lmaydi.
Butun holatlarda, har doim shaytonning sharridan Allohga sig'inishimiz kerak. Alloh adashtirmasin insholloh...
10. Savol: 1. Oiladagi ishonch - siz uchun bu nima?
2. Deylik, turmush o'rtog'ingiz sizga netdan foydalanishda ma'lum chegara va hadlarni belgiladilar. Masalan, male (erkak) userlar bilan YM, agent, skype, ICQ, MSN orqali muloqot qilishni, forumda mavzudan tashqari va male userlar bilan ortiqcha muloqot qilmaslikni, PM orqali keraksiz suhbatlarni va hokazo... Siz buni qanday qabul qilasiz? Bu sizningcha ISHONCHSIZLIKMI?
3. Sizningcha ayollariga har ishda erkinlik beradigan "zamonaviy" erkaklar ISHONCHNI o'z DAYUSLIKLARINI yashirishda niqob qilmayaptilarmikin?
Javob: 1. Oiladagi ishonch hamma narsa. Meni yaratilishim shundayki, hatto bu forumdagi biri ham menga ishonmasa, "boreee, bu shunchaki internet-ku", deb keta olmayman. Yani bu faqat erkak-ayol munosabatidagi "ishonch" kabi emas, avvalo bir inson bor qarshimda, o'zi haqida shularni yozibdi, demakki aytgan gaplarida jon bor, buniyam yuragidan toshib chiqqani uchun (shunchaki lay-laylom vaqt o'tkazish uchungina emas) bizlar bilan baham ko'ryabdi, deb ishonishim kerak va ishonishlarini hohlardim.
Ki bu oila va inshalloh menga haqiqiy dunyoda ham Allohning saodatini qozonishimga sababchi bo'ladigan har ikki dunyodagi umr yo'ldoshim. Shunday ekan, albatta u insonga ishonishim va ishonch berishim kerak.
Men bolaligimdan beri jonsarak biriman, juda qayg'uraman, ishonasizmi, bu forumga a'zo bo'lganimdan beri o'qigan postlarimni ko'pi tushimga kirgan, kiryabdi...Aslida bu unchalik yaxshi narsa emas, nima qilasiz, yaratilish masalasi...
Kasal tuzalishiga ishonmasa, shifo topmaydi, Yaratganimizga chin ko'ngildan ishonmagunimizcha Allohning haqiqiy sevgisini qozona olmaymiz....
Hullas İSHONCH men uchun-HAYOT, degani...
2. Yo'q bu ishonchsizlik emas. Har bir insonning ilgari ham aytganimzday o'ziga yarasha vazifasi bor. Avvalo men ayolman. Turmush o'rtog'imni baxti-meni baxtim. U yo'l berib qo'ysa-yu, lekin baxtli bo'la olmasa, bu mashg'uliyatimni tashlayman, ishoning. Uning ovozidan, qarashlaridan sezaman, nimadan behuzur bo'lganini. Ayni holatlarda men ham o'z fikrlarimni bildiraman.
Avvalo "biz bir-birimizni hafa qilmaymiz, omonat ko'zi bilan qaraymiz", deb Allohning huzurida so'z berdik. Bundan ortig'i bormi... Alloh adashtirmasin...
3. Bundaylarga hayron qolaman, hamma narsada chegara bo'lishi kerak.
Keyin bu tur insonlarni oilasini, olgan tarbiyasini surishtirish kerak, qizni bermasdan oldin. Agar erkak, "hamma narsada erkinsan", deyotgan bo'lsa, ayol hafa bo'lmasin, bir kun kelib o'zi ham hamma narsaga "mayli" deyish majburiyatida qoladi. Muslimaxon, insholloh, javoblarim uzab ketmadi