A.alaykum. Barchangizga hayirli kunlar nasib bo'lsin inshalloh.
3.5 kun oldin Turkiyaning Zonguldak viloyatidagi ma'dandagi portlash natijasida 30 ishchi 540 metr yer ostida qolishgandi. Bugun 28 ishchining jasadi topilgan, 2 ishchining jasadi esa hali topilmagan.
3-4 kun bo'yicha ishchilarning oilalari, yaqinlari ming marotaba o'lib tirilishdi, ular bilan bog'liq xabarlar insonni yuragini ezib yubordi...
Turklar: "Non arslonning panjasida", deyishadi, rostdan ham shunday. Juda kam maosh olayotgan ma'dan ishchilari ertaga nima bo'lishlari bilmagan holda, har kuni uydagilaridan halollik tilagan holda ishga ketisharkan...Bu ishga majburlar, chunki Turkiyada ham ishsizlik kun sayi ortmoqda.
Alloh barchalarini rahmat aylasin, yaqinlariga sabr bersin...