2. Imom. Qur’oni Karimning yana bir nomi «Imom»dir. Barcha mushaflarning oxirida yozilgan «Xatm ul-Qur’on duosi»da: «Allohim Qur’onning hurmatidan menga rahm qilgin, menga Qur’onni peshvo(imom) qilgin!» degan jumlalar bor.
Qur’oni Karimning yuqorida sanab o‘tilgan va nomga aylangan sifatlaridan tashqari yana o‘ziga xos: arabiy, mubin, ajab, muborak, zu zikr, aziz, karim, majid, muqaddas va g‘oyraoziy ivaj singari o‘nlab sifatlari ham mavjudki, bu sifatlar uning haqiqatan Allohning muqaddas kalomi ekanligiga dalolat qiladi.