128
Abu Hanifa (r.a.) Hammoddan, u Ibrohimdan, u Asvaddan, u Oisha onamizdan (r.a.) rivoyat qiladi. Oisha onamiz (r.a.) aytadilar: «Hazrati Payg‘ambar (s.a.v.) vafotlari oldidan kasalliklaridan biroz yengillashganlarida namoz vaqti kirgach. Ul zot (s.a.v.) Oisha onamizga (r.a.): «Hazrati Abu Bakrga ayting, odamlarga namoz o‘qib bersin», dedilar. Oisha onamiz (r.a.) Abu Bakrga «Allohning rasuli (s.a.v.) jamoatga namoz o‘qib berishingizni buyuryaptilar», deb xabar yubordilar. U kishi: «E qizim, men keksa, nozik odamman. Rasulullohni o‘rinlarida ko‘rmasam, chiday olmayman. Sen va Hafsa Rasulullohning yonlariga boringlar. Hazrati Umarga xabar yuboradilar. U jamoatga namoz o‘qib beradi», dedilar. Men aytganlarini qildim. Rasululloh (s.a.v.): «Sizlar Yusufning yo‘ldoshlarisiz, hazrati Abu Bakrga buyuring, odamlarga namoz o‘qib bersin», dedilar». Azon aytilganida hazrati Payg‘ambar (s.a.v.) muazzinning «Hayya alas solah» deyayotganini eshitdilar. Rasululloh (s.a.v.): «Meni turg‘izinglar», dedilar. Oisha onamiz raziyallohu anho: «Men hazrati Abu Bakrga jamoatga namoz o‘qib berishlarini aytdim. Siz uzrlisiz», dedilar. Hazrati Payg‘ambar (s.a.v.): «Meni turg‘izinglar, namoz ko‘zimning quvonchi etilgan», deya marhamat qildilar. Ikki kishi orasida turg‘azildilar, oyoqlari yerda sudralar edi. Hazrati Abu Bakr (r.a.) Rasulullohning (s.a.v.) kelganlaridan boxabar bo‘lgach, orqaga o‘tdilar. Rasululloh (s.a.v.) unga ishora qildilar va Abu Bakrning (r.a.) chap tomoniga o‘tirdilar. Hazrati Payg‘ambar (s.a.v.) uning oldida takbir aytdilar , hazrati Abu Bakr (r.a.) U zotning takbirlarini baland ovozda takrorlar edi. Jamoat namoz tugaguncha hazrati Abu Bakrning (r.a.) takbiri bilan takbir aytdi. Rasululloh vafotlariga qadar bu namozdan boshqa jamoatga namoz o‘qib bermadilar. Abu Bakr imom bo‘ldilar. Rasululloh vafotlariga qadar og‘ridilar.