U mashinasini minib ketayotganida, yo'lidan chiqqan mast yuk mashina haydovchisi yo'lni siqadi, undan qochmoqchi bo'lgan Ahmadning qaltisroq harakati natijasida mashinasi bir necha marta aylanib ketgan ustiga yuk mashina bosib qoladi..
Ahmadni jismi 1000 bo'lak bo'linib ketganidan badanida bir barmoqchalik ham sog' joy qolmaydi..
Qohiradagi "aynush shams" kasalxonasiga yotqiziladi, doktor uni hamma joyini boylab muolaja qilishni boshlaydi, bu vaqt ichida Ahmadni tinmasdan ko'p marotaba "Allohim menga shifo ber, Maryam bilan birga qil.. Allohim menga shifo ber, Maryam bilan birga qil" takrorlaydi.
Doktor:"Kim u Maryam?" deb so'arsa javob bermaydi.
Onasidan so'raganida "unashtirilgan qizi" degan javobni eshitib "Hoziroq olib kelinlar o'sha qizni deydi"
Otasi bilan gaplashishganida "hozir boramiz" deydi. Maryam kasalxonaga boradi, uni ko'radi, u qizga faqatgina "meni unutma" derdi..
Maryam: "Sizni tashlab qo'ymayman, InshaAlloh Qohiradagi hamma imtihonlardan keyin tez-tez kelib turaman" deydi
Maryam Qohiradan bo'lgan tog'asi bilan birga uni ko'rgani borib turardi va xonada ko'p vaqtdan beri yerda o'tirib iltijo bilan, Ahmadga ovqat yeyishligini iltimos qilib ko'p yalingan bechora onasi bilan birga o'tirardi..
Maryam unga ovqat berishga harakat qilganida Ahmadni onasi: "o'g'lim Ahmad hech qachon birovni seni yaxshi ko'rganchalik yaxshi ko'rmagan uni tashlab ketma iltimos" deb yalindi..
Maryam bir haftacha tog'asi bilanmi yoki otasi bilanmi uni ziyorat qilgani borib turdi, keyin bu ishi dinga to'g'ri kelmasligini sezganida ziyorat qilishdan to'htadi...
Lekin otasi har kun borib ko'rib turdi.. Ammo Ahmadni otasi ,bir kuni Maryamni otasi bilan uchrashib qolishganida" agar, mavzuni hal etishni istasangiz, hal qilaylik, adashmasam qiznigizni biror foydasi tegmaydigan bir bechoraga berishni hohlamasangiz kerak" debdi.
Maryamni otasi: "Uni haqqida Allohdan qo'rqadigan bo'lsa va Allohni amrlariga multazim bo'lsa hech qanday mo'nelik bo'lishi mumkin emas" deydi.
Ahmadni otasi: Havotir olmang, biz uni chetga tashlab qo'ymaymiz, bu yoqda tibbiyot instutidagi qiz ham uni hohlab turibdi!!" deydi.
Ahmad otasiga qarab: "Dada, men Maryamdan boshqasiga uylanmayman, agar unga uylanishlik yozilmagan bo'lsa uylanmay o'taman!" deb javob beradi.
Maryam ziyorat qilishdan to'htaganidan keyin otasi doimo borib turadi Ahmad imtihonlar qanday o'tayotgani haqida otasidan so'rab bilib turadi, otasi uni tinchlantirib turardi keyin o'tgan Payshanba kuni...
Maryamni otasi odatdagidek Ahmadni ko'rgani borganida Ahmad unga:
"Maryamga yaxshilab qarang, uni ehtiyot qiling, u judayam qimmatli qiz" deydi.
-Ha, faqat menga tashlamaginda sen ham unga qaraysan, ehtiyot qilasan. deydi Maryamni otasi.
Ahmad: " yo'q, men sizga buni vasiyat qilayapman, uni ehtiyot qiling va unga Maryam, havo-i nafsni halokatlari tagiga tushib qolma, qanday bo'lsang shundayligingcha Allohga itoat etishga intilgin." deng deydi. U yerdan qaytib otasi Maryamga Ahmadga telefon qilishini aytadi.
U telefon qiladi.. - Ahmadni badanlar jimirlatadigan, ko'zdan yoshlar oqizadigan, qalblarni yondiradigan gaplariga quloq tuting: