Chet ella yurganingizda, o'qish tufayli boshqa sharga borib, rohat farog'at. o'yin kulgu qilib yurganda onangizning sigir sog'ayotganligini o'ylab siqilganmisiz? QANDAY YO'L TUTGANSIZ ONANGIZNI SOG'INIB TO'KKAN KO'Z YOSHLAR KIFOYA QILGANMI YOKI TELEFON QILGANI SHOSHGANMISIZ. Gap sigir sog'ish haqida katayotgani uchun sigir sog'ish dedim, aslida mashaqqat demoqchiman.
A.alaykum Shokirjon bu savolni 3-4 jiddiy nuqtalari bor. O'z hayotimdan kelib chiqqan holda javob bersam...
1. Chet elda yurish-o'qish rohat-farog'at qilish degani bo'lmadi men uchun hech qachon. Buning sababi- men Chet elga o'zim yiqqan pullar bilan ketdim. Na O'zbekiston meni jo'natdi Turkiyaga, na Turkiya- "kelaver, senga o'qishlar tayyor", dedi.
Faqat Allohga sig'indim, ota-onam va yaqinlarimni duolari bilan ko'zlarimni chirt yumib mojaroga boshladim.
O'zim yiqildim, o'zim tanlagan yo'l bo'lgani uchun yig'lamadim hech qachon.
2. Onalar- ayniqsa bizni onalarimiz hech qachon farzandlaridan bir narsa evaziga bir narsa kutmaydilar. Masalan meni ayam o'zlari o'qigan bo'lsalar ham ishlay olmaganlari uchun "qizim sen bora olgan joyinggacha bor ilm yo'lida", deb duo qildilar doimo. Onamni oq fotihalari bilan yo'lga chiqqanman. Uyni eslaganimda tabiiki onam, uy ishlari esimga tushib ezilaman, lekin uyda kelinayam va singlim bo'lgani uchun ko'nglim ancha hotirjam.
3. İnson yaqinlarini sog'inganda unga na telefon kor qiladi na ko'z yoshari. Yuragining tubida ularga bo'lgan sog'inch hech qachon yo'q bo'lmaydi, kamaymaydi. Bizni insonday oyoqda tutgan narsalar esa tuyg'ularimizdir.
4. İnsonga berilgan umr davom etarkan, u huddi estafetadagi kabi umr tayoqchasini farzandlariga beraveradi. Men ham nasib bo'lsa farzandlarimga beraman vaqti bilan. Menga telefon tez-tez qilishmasa ham, sovg'a olishmasa ham bilamanki, ularni qalbida menga bo'lgan mehr-muhabbatlari beqiyos. Onalik-otalik faqat farzandlariga bir narsalar berishdan iborat. Beminnat sevgi va shafqat bir kunman bir kun farzandni oila quchog'iga qaytarib keladi...