forum.ziyouz.com
Jamiyat va inson => Oila va jamiyat => Mavzu boshlandi: Munira xonim 17 Sentyabr 2007, 22:23:28
-
Assalamu alaykum.
Bu mavzuda sizlar bilan insonni inson qiyofasidan chiqarib yuboradigan, ko'ngillarni vayron qiladigan va musulmonni munofiqqa aylantiradigan XIYONAT haqida bahslashamiz.
Insonni insonga, do'stni do'stga, birodarni birodarga, musulmonni musulmonga, ayolni erkakka, erkakni ayolga bo'lgan Xiyonati haqida.
Umuman olganda XIYONAT nima o'zi?
Erkakni ayolga yoki ayolni erkakka bo'lgan xiyonati boshqa ayol yoki boshqa erkak bilan aloqasi bilan o'lchanadi xolosmi? Yoki bundan boshqa turlari ham bormi?
Bu yerda hamma qatnashishini va o'z fikrlari bilan o'rtoqlashishlarini iltimos qilardim. Chunki hammamizga kimlardir xiyonat qilib yurgan bo'lishi mumkin-ku...
Bu xaqda fikrlaringizni kutib qolaman...
-
Assalomu alaykum!
Xiyonat. So'nggi paytlarda musulmonlar orasini buzayotgan, ko'ngillarni vayron etayotgan, turli dilxiraliklar, kon'gilsiz voqealar sabab bo'layotgan eng katta sabablardan biri. Xiyonat — munofiq kimsalar quroli. Xiyonat — fojir kimsalar quroli.
Chunki, payg'ambarimiz Muhammad SAV aytdilar: "Mo'min sodda, ulug' bo'ladi, fojir esa makkor, xor bo'ladi". Musulmonning ana shu ishonuvchanligidan foydalangan fojirlar uning ustidan kuladi, aldaydi, ochiqdan ochiq xiyonat qiladi.
Xiyonat bu kimningdir ishonchini suiste'mol qilishdir. Shundan kelib chiqib xiyonatni har xil ko'rinishlarini ko'rasatish mumkin. Eng kattalari:
- Allohga xiyonat
- Dinga xiyonat
- Do'stga xiyonat
- Omonatga xiyonat
- Oilaga xiyonat
- Vatanga xiyonat...
Afsus, bu ro'yxatni yana uzooooq davom ettirish mumkin...
-
Allohni eslatuvchi qancha-qancha kishilar bor, lekin o’zlari Allohni unutgan. Allohdan qo’rqituvchi qancha-qancha kishilar bor, lekin o’zlari Allohga gunoh qilishga jur’atli. Allohga yaqinlashtiruvchi qancha-qancha kishilar bor, lekin o’zlari Allohdan uzoq. Alloh yo’liga chaqiruvchi qancha-qancha kishilar bor, lekin o’zlari Allohdan qochuvchi. Allohni oyatlarini o’qiydigan qancha-qancha kishilar bor, lekin o’zlari Allohning oyatidan tashqaridadirlar.
Ibn Sammok.
Birinchi marta shu gaplarni o’qiganimda ma’nosiga tushunmagan ekanman. Yaqin kunlarda bo’lgan voqealardan fikr qilib bu gaplar naqadar to’gri ekanligiga guvoh bo’ldim. Alloh taoloning har bir ishida hayr bor. Ilm sohibi bo’la turib xiyonatdan, yolg’ondan tiyilmagan insonlarni haqiqatda mavjudligi rost ekan. Alloh shunday hiyonatkorlardan bo’lishdan bizni asrasin! Adashganlarni esa O’zi to’g’ri yo’lga boshlab, mag’firat qilsin! OMIN!!!
-
Assalomu alaykum!
Hiyonat qanday ko'rinishda bo'lmasin qalblarga ozor etkazadi. Eng yamoni etimni xaqqiga va olloh ta'aloga hiyonat qilish deb uylayman.
Yana ayol kishini turmush urtog'iga yoki aksi bo'lishi mumkin bular man uchun eng yomon hiyonatlar hissoblanadi.Boshqa hiyonatlar haqida hali ko'p tushunchaga ega emasman.
-
Assalomu alaykum!
Hiyonat qanday ko'rinishda bo'lmasin qalblarga ozor etkazadi. Eng yamoni etimni xaqqiga va olloh ta'aloga hiyonat qilish deb uylayman.
Yana ayol kishini turmush urtog'iga yoki aksi bo'lishi mumkin bular man uchun eng yomon hiyonatlar hissoblanadi.Boshqa hiyonatlar haqida hali ko'p tushunchaga ega emasman.
omanatga hiyonat ham eng og`ir gunoh hisoblanadi. uning jazosi bolasiga yoki oilasaga urishi mumkun.
-
Olloh taolo tomonidan bandasiga berilgan har bir a’zo parvardigorning omonati hisoblanadi. Masalan, ko’z omonati shundan iboratki, banda Olloh taoloning qudrati ila bo’lgan ishlarga qaragay. Quloq omonati esa Olloh taoloning kalomini va Rasulullohning hadislarini, avliyolar nasihatini eshitishdan iborat. Til omonati esa u orqali Olloh taolo zikrini aytishdan iborat. Qo’l omonati esa u bilan elga naf keltiradigan ishlar qilishdan iborat. Mabodo kishi ko’zini harom narsalarni ko’rishga ochsa, qulog’ini noshoyista so’zlarga solsa, tilini yolg’onu bo’htonga yugurtsa va qo’lini musulmonlarga ozor beruvchi ishlarga uzatsa Olloh taoloning omonatiga xiyonat qilgan hisoblanur.
-
Assalamu alaykum.
"Qalbimda qabrlar bisyordir...."
Bu jumlalarni siz qanday tushunasiz? Va qanday izohlaysiz? Sizningcha qalbdagi qabrlar qanday qabrlar? Bu haqda forumchilarimiz o'z fikrlarini qoldiradilar, deb umid qilaman....
Alloh sizlardan rozi bo'lsin...
-
... kishi ko’zini harom narsalarni ko’rishga ochsa, qulog’ini noshoyista so’zlarga solsa, tilini yolg’onu bo’htonga yugurtsa va qo’lini musulmonlarga ozor beruvchi ishlarga uzatsa Olloh taoloning omonatiga xiyonat qilgan hisoblanur.
Xiyonatning faqatgina shu xiliga yo'l qo'ymaslik boshqa barcha turlaridan yiroq bo'lishga sabab bo'lishi mumkin bo'lsa kerak. ..."Qalbimda qabrlar bisyordir...."
...
Kishi dilini kimdir vayron qilganda (ayniqsa o'ziga yaqin tutgan insoni bo'lsa) unga nisbatan vujudga kelgan nafrat uni o'zi uchun "o'lgan" deb hisoblashgacha olib kelsa, shu ibora ishlatilsa kerak. Biroq har doim kechirishga harakat qilib ko'rgan yaxshi shekilli. Zero, "Olloh kechirguvchi va kechirguvchilarni sevadi". VAllohi a'lam..
-
... Qalb bu omonatlar makonidur.Sizga ishonilgan birodarlaringizni har bir omonatlari qalbga ko'milmog'i lozim balki shu ko'milgan omonatlar sabab qalb qabrlarga makondur.Qachonki bu omonatlarga qalb qoridan qabr berilgan bo'lib bu qabrlarni kopda "ziyorat" qilinmasagina qabrlar sokin turishi mumkin.
Qoyil!!! Bunisi xayolimgayam kemapti. Diydor opa etganlari to'g'ri bo'lsa kerak!
-
Ассалому алайкум!!!
Менимча мусулмон киши узи учун нима мухум, нима керак эканлигини билиб олиши керак ва инсон узига, узлигига хиёнат килмаслиги лозим, шунда сизга хечким хиёнат хам кила олмайди, сиз хам хеч кимга хиёнат хам кила олмайсиз.
Инсон узини алдамаса, уни хеч ким алдай олмайди.
Синингча ишончни мйёри борми???
-
Ҳиёнат... нима у?
Модерн дунёда ваъда бериб уни устидан чиқмаслик, омонат олиб ҳиёнат қилиш, бировнинг олдида гсзал гапириб, ортидан ёмонлаш урфга айландими? Ахир бировнинг вақтини ҳам омонатга олмоқдасизку, наҳот хиёнатни ксрмаётган бслсангиз дегим келди. Ачинарлиси шунда сдики, сқимишли, зиёли кишиларнинг шундай қилаётганлари. Статистика маълумотлари буйича инсон кунига камида 4 марта ёлғон ссз ишлатаркан. Ас, воҳ қани саҳобалар даври, қани тобеъинлар даври. Ота- боболаримиз бир гапли инсон бслганлар. Лайғамбаримиз с.а.в. нинг бир сҳудийни 3 кун кутганлари ҳақида ҳадислар ворид бслган.
Маҳмуд Акифнинг ссзларига ёдимга тушади:
"Икки юзли инсонларни изласпман, чунки улар схши инсон сканлар", деганларида атрофдаги кишилар ҳайратга тушиб бу ссзларининг сабабини ссрашган скан. Марҳум шоир: "Чунки снди инсонлар ксп юзли. Уларни ксргандан сснг икки юзлиларни излай бошладим. Икки юзлиларни бироз тушуниш ва уларнинг ёмонликларидан сақланиш мумкин сди". А аҳматли шоир ҳозир тирик бслганларида ксп юзлиларни излаган бслардилар. Чунки снди инсонлар минг юзли.
Танишим уйига бордим. Уйлари кутубхона, шунчалар китоб кспки, шу уйдан чиқмасам дейман.
- Опа, бир иккита китоб беринг, - стинаман ундан.
- Йсқ, Мадина хафа бслманг, бермайман, тсғриси беролмайман, - дейдилар.
- Аега? — бироз ҳафсалам пир бслади.
- Қанча китобларим йсқ бслиб кетди. Олиб кетганча бир дунё ваъдалар беришади олиб келиб бераман деб. Аммо... баъзан гапирсанг, сслай олмайди. Аки мен сиздан китоб олганим йсқ, деб туриб олишади. Биласиз, амакингиз бу китобларни умрлари буйи йиғганлар. Аски, ҳозирда сотувда ҳам йсқ ноёб китоблар бор. Анди китобларни ҳар бирини руйхат қилиб олиб қсйганман. Ҳеч кимга китоб бермайман.
Шу тариқа суҳбат китоблару, китоб сғрилари ҳақида кетади. Суҳбат давомида Алишер Аавоий номли кутубхонада талабаларнинг китобларни олиб кета олмай, сзларига керак саҳифаларини қирқиб олиб кетишларини сшитаман. Ҳозирги кунда ксерокопис ва турли слектрон китоб усуллари кспайган бир даврда ноёб китобларни бундай ҳолатга тушишига роса ачинаман. Китоб ксрмаётган, сқимаётган сқувчи китобга нисбатан одобини ҳам унутмоқда шекилли.
- Аега китобни қадрини биладиган одамлар камаймоқда? деб қссман. Ахир бу китоблар бизга билим, аждодларимизнинг ҳаётий тажрибаларини сргатади- ку. Ахир бу тарихимиз, сртага фарзандларимиз ҳам билиши керак бслган тарих. Бу сз тарихимизни ич- ичидан емиришимиз, омонатга хиёнат қилиш смасми?
Қайнонам ниҳостда китобсевар инсонлар.
- Аега бунчалик китобларни севасиз?
- Болам, биз давримизда слектр токи йсқ сди. Телевизор, радио каби техникалар ҳам табиий йсқ. Кечга бориб 6 бола танча атрофида тизиламиз. Чироқ ёруғлигида биттамиз китоб сқирдик, қолганлар сса тинглаймиз.
Танча атрофида чироқ ёруғлигида тизилган болаларни тасаввур қиламан.
- Шундай қилиб ҳар бир китобни авайлаб асрар сдик. Бутун маҳаллада китоб қслма- қсл бслиб сқиларди.
Ўша даврларга ҳавасим келади.
- Ойижон, нега инсонлар ҳозир шунақа бслиб кетишган- а? - дейман скинч билан.
- А болам, бу асрдан аср келган ссзлар. Мен сенга ҳозирги ёшлар бизникидан фарқ қилади деб гапирганимдай, ота- онамиз ҳам бизга шундай дер сдилар. Инсон ҳар доим ақлий ссиш даврида. Янги келган нарсани қабул қилиш доимо қийин. Масалан мен сенинг компьютерга қизиқишингни тушуна олмайман. Биз давримизда ҳам шу каби сабаблар бслган. Аммо инсон ота- боболаридан қолган қадристларини унутмаса қандай схши бсларди- с.
Тсғри ҳаётимизда ривожланиш ҳам, тараққиёт ҳам бор. Ашларимизнинг илмга чанқоқликлари таҳсинга лойиқ. Аммо омонатни, қадрни, ваъда устидан чиқишни, ёлғон гапирмасликни срганиши келажаклари учун снада катта ютуқларига сришишлари учун ксприк бслармиди?!
Ваъданинг устидан турмаслик ҳақида бошланган мақолам бошқа муаммолар сари кетади.
Бир шоир дсстини зиёрат қилиш учун борган скан. Шунда дсстининг ксзлари ожиз бслиб қолгани ҳақида гапириб:
- Менда дунёни ксриш учун ксз қолмади, деганида шоир:
- Зеро дунёда ҳам бир боқишга лойиқ бир юз қолмади, дсстим, - дес тасалли берган скан. Юзларимиз боқишга арзигулик, берган ваъдаларимизни устидан чиқгулик, омонатларимизга риост стгулик қил Аллоҳим!
Мадина ЗАА ИЛОВА
-
Assalamu alaykum.
"Qalbimda qabrlar bisyordir...."
Bu jumlalarni siz qanday tushunasiz? Va qanday izohlaysiz?
Assalomu-alaykum mening fikrimcha Qalb bu omonatlar makonidur.Sizga ishonilgan birodarlaringizni har bir omonatlari qalbga ko'milmog'i lozim balki shu ko'milgan omonatlar sabab qalb qabrlarga makondur.Qachonki bu omonatlarga qalb qoridan qabr berilgan bo'lib bu qabrlarni kopda "ziyorat" qilinmasagina qabrlar sokin turishi mumkin.
va alaykum assalom.
Chiroyli javob bo'libdi.
Munira opa bunga o'zlari javob yozmabdilarku.
Assalamu alaykum.
Bu mavzuga kirmaganimga ham ancha bo'lib ketibdi.
Kech bo'lsa ham Asadullohni gaplariga kirgan holatda shu gapga javob yozsam degandim.
Men bu gapni birinchi marta onamdan eshitganimda tushunmagan edim.
Yoshim katta bo'lgan sari, hayotda ko'pchilik bilan muloqotda bo'lganim sayin bu gapni mag'zini chaqib bordim.
Iishonuvchan inson hammaga ishonar ekan. Hech kimdan yomonlik kutmas hammani yaxshi inson deb qabul qilarkan. Siz mehringizni bergan, siz ishongan insonlar kun kelib sizga xiyonat qilishsa, qalbingizni vayron qilib, ko'zingizni yoshli qilishsa, ularni qalbingizga ko'mishga majbur bo'larkansiz. Ular bilan aloqani uzmasangiz, hatto kechirib yuborsangiz ham, bu qabr qalbingizda manguga qolar ekan.
Bu qabrlar oralab yurganingizda esa, har safar yuragingiz alamga ko'zingiz yoshga to'ladi. Bu qabrlar qanchalik sokin turishsa, siz shunchalik hotirjam yashaysiz,lekin buni har doim ham ilojisi yo'q.
Yaqinda ko'nglim juda qattiq og'riganda, yaqin birodarimga, afsus, qalbimda qabrlar soni yana bittaga ortdi desam, u kishi menga:"B qabrlar oralab aslo yura ko'rmang, bo'lmasa bu hayotda yashashingiz juda qiyinlashib ketadi", degandilar.
Bu gap naqadar achchiq, lekin haq gap.
Yuqorida bir birodarimiz ishonchani ham me'yori bo'ladimi, degan savol tashlaagn ekanlar. Albatta, men kundan kunga amin bo'lib boryapmanki, hamma narsani me'yori bo'lganidek, ishonchani ham me'oyri bo'lishi lozim ekan.
Albatta insonning insonga bo'lgan ishonchida.
Bu me'yordan tashqariga chiqqan kuning, qalbingizdagi qabr soni yana bittalab ko'payib boraverarkan.
Alloh O'ziga chin qalbdan ishonuvchi, faqat O'zini chin DO'st tutuvchi qalb ato qilsin barchamizga!!!