Yoqutxon poshsha:) 1. Yoshlarini 19-20 deb tahmin qilaman.
2. Dorixonada ishlaydilar. Bir tarafdan o'qiydilar. Lekin qayerda o'qishlarini bilmayman.
3. Birinchi marta "Meni yig'latgan holat"dagi postlari diqqatimni tortgandi.
4. Pazandalar, erinmay rasmga olib biz bilan baham ko'radilar. Xozircha telefondan suratga olaybadilar:) Bu ham u kishini suratga olishga qiziqishlarini ko'rsatadi. Ha fotogallereyada qish rasmlari juda chiroyli chiqqan:)
5. Menimcha uyda yakka farzandlar onalari bilan. Chunki Ramazonda doimo faqat onalaridan bahs etdilar.
6. Butun mavzularda post qoldirishga harakat qiladilar, bu ham u kishini hamma narsaga qiziqishlarini ko'rsatadi.
7. Hamma mavzuda post qoldiradilar, lekin off-top qilmaydilar. Bu ham qizimizni qoidalarga to'liq rioya qilishlarini, hayotda tartibli ekanliklarini ko'rsatadi.
8. Forumdagi postlarni nazarda chetda qoldirmaydilar, bu esa Yoqutxonni ziyrak ekanliklaridan dalolat beradi:)
9. Forumdoshlarga doimo yaxshi tilak bildiradilar, dardlariga sherik bo'ladilar. Bu esa-mehr-shafqatli qiz ekanliklarini ko'rsatadi:)
10. Hullasi kalom-hamma havas qiladigan qizlarimizdan biri. Rabbim sizday qizlarimizni ko'paytirsin inshalloh.
Ha bu maqtovlardan erkalab ketmasliklarini bilganim uchun yozdim:)