Aziz yurtdoshim quyida men "Jamiyat" ijtimoiy-siyosiy gazetasidan ayrim lavhalarni taqdim etyapman. Bu yerda O'zbekiston xalq artisti A. Rafiqovning tilimiz haqida maqtovga sazovar fikrlari joy olgan. Mobodo suhbatni to'liqroq o'qimoqchi bo'lsangiz ushbu linkni bosing. http://www.jamiyatgzt.uz/uzb/kongil_mulki/abzal_rafiqov_yurakda_vatan_tuygusi_bolsa.mgr - Ona tilimizning qadr-qimmatini his etish barchamizning burchimiz. Siz rus tilida ta`lim olgansiz, lekin o'zbek tilining so'zlarini ham, talaffuzini ham o'z o'rnida ishlatasiz.
- Bunga sabab bitta: yurakda Vatan tuyg'usi, millatga sadoqat bo'lsa, o'zga til, o'zga madaniyat quchog'ida ham inson qalbidagi milliy g'urur, milliy o'ziga xoslik, ona tiliga, tarixiga bo'lgan muhabbat hech qachon so'nmaydi.
Teatr menga ko'p narsani o'rgatdi. O'z ona tilini, tarixini chuqur bilmagan kishi yetuk san`atkor bo'la olmaydi. Istiqlol yillarida men tarixiy-badiiy merosimizni yaxshiroq o'rganishga kirishdim. Navoiyni angÂlashga intildim va Ollohga shukrki, ko'p narsaga erishdim.
Til - millat mohiyati, millat dili, millat ustunidir. Millat ijodidagi, ya`ni uning adabiyoti, san`ati, ilm-fanidagi yuksalish ham, eng avvalo tilda aks etadi. Ona tilimizning kelajagi shu tilda so'zlovchi xalq ijodiy tafakkurining quvvatiga bog'liq. Ayniqsa, yoshlarimiz o'ziga xoslik va ruhiy jipslikni qattiq tutsa, ijodiy qudrati uyg'oq bo'lsa, tilimiz hamisha barqaror bo'ladi.
Bugun ko'pchilik yoshlarimizning bu boradagi muvaffaqiyatlari meni quvontiradi. Ular barcha sohalarda xalqimizning salohiyatini, qudratini namoyon etmoqda. Bu ulkan yutuq. Binobarin, bizning eng muhim vazifalarimizdan biri - Vatan taqdiri, uning buguni va kelajagi uchun mas`uliyatni chuqur his etadigan avlodni tarbiyalash. ShukrÂki, yurtimiz tinch-osoyishta. Xalqimiz bunday tinchlikni yuksak qadrlaydi. Zotan, tinchlik va barqarorlik bo'lgan mamlakatdagina ilm-fan, madaniyat yuksaladi, yurt gullab-yashnaydi.
Nurali Shodiyev suhbatlashdi
Olloh ilmingizni ziyoda qilsin!
Assalomu alaykum va rahmatullohu va barakatoh!