Asoratlar
Plevraning yallig'lanishi
(bel sohasi va yon boshdagi og'riqlar, ko'krak sohasida "bir narsa bosayotgandek" hissi, yo'tal paytida va chuqur nafas olganda og'riqlar, doimiy yuqori tana harorati).
Vrach ko'magi
Kasallikning pnevmoniyaga o'xshatilishi bilan zudlik bilan shifokorga murojaat eting!
Yangi tug'ilgan chaqaloqlar va 4 oygacha bo'lgan emizikli bolajonlar albatta stacionar davo olishlari zarur. Kattaroq bolalarda qayerda davolanish kasallikning qay darajada og'ir ekanligiga bog'liqdir. Har qanday davoni faqat shifokor nazorati ostida olish zarur. O'zboshimchalik bilan bolani davolamang. Ushbu kasallik bolaning hayoti uchun havflidir.
Davolanish
Og'ir hollarda stacionar davolanish zarurdir. Kasallikning yengil ko'rinishini uyda ham davolash mumkin. Yana takroran aytib o'tamiz, uyda davolansa ham bola albatta shifokor nazorati ostida bo'lishi zarur. Bola antibiotiklar bilan davolanadi (virusli pnevmoniyadan tashqari) va ko'proq toza havoda nafas olishi lozim (sovuq ob-havodan tashqari albatta). Bola emsa , uni talabiga binoan oziqlantiring. Ko'p suyuqlik iste'mol qilish tavsiya etiladi. Yuqori tana haroratida, haroratni pasaytiradigan va tinchlantiruvchi dori-darmonlar shifokor tomonidan buyuriladi. Bolaning boshi biroz baland bo'lish lozim, bosh qismining bunday joylashishi nafas olishni yengillashtiradi.
Yodingizda bo'lsin, bola shamollaganda, yuqori tana harorati, ko'krak sohasidagi og'riqlar, tez-tez nafas olish o'pka yallig'lanishidan darak bo'lishi mumkin. Emizikli bolalarda burun qanotlari nafas olayotganda kengaysa, nafasni tortganda ular qattiq yopishsa, og'ir nafas olish jiddiy belgilar deb hisoblanadi. Shu sababli bolani nafaqat bunday belgilar paydo bo'lganda, balki oldinroq shifokor nazoratidan o'tkazing. Unutmang, "Kasallikni davolagandan ko'ra, uni oldini olgan ma'qul",- degan gapni ko'p eshitgan bo'lsangiz kerak.