* * *
Mana, bugun yana o’qishda kech qoldim. Sim qoqishni boshladingiz: "œQizim, qizginam salomatmisan?".. E’tiborsiz "œHa" deb qo’ya oldim,xolos. Siz esa o’sha — o’sha mehribonlik bilan gapirdingiz: "œKech qolganingga xavotir oldim-da bolajonim""¦ Men bebosh, noshud farzandingiz esa yana o’sha bemehrlik bilan so’z qotdim: "œBoraman yarim soatlarda". Bilmadim, aniqrog’i qadriga yetmadim so’zlaringiz"¦ Tashvishlanishingiz meni sira tashvishlantirmadi o’sha damda"¦ Hecham o’ylamadim qalbingiz og’rishini"¦ Uyga kirib borganimda hovlida kutardi nigoron ko’zlaringiz men — bebosh farzandni"¦ Meni soyamni ko’rar — ko’rmas, porlab ketdi ular, tilingiz ham qanddek so’zlay boshladi: "œAsal qizim, shakar qizim, o’qimishli qizim mani, yaxshi keldingmi? Qani bir onajoningni bag’riga kelchi"¦". Men-chi,men, men — noshud qizingiz salomini yoqar — yoqmas berib, "œonajon, qo’ysangizchi, yosh bolamasmanku meni erkalasangiz", deya uyga kirib ketdim"¦ Manmanlik, kibru havoni bor ana do’stingga qil, dugonangga qil, seni dunyoga keltirishda hayotini garovga qo’ygan, dunyoga kelganingdan keyin ham tahlikali davrdan seni sog’-salomat olib chiqqan, yoshing katta bo’laversa-da, hamon yosh go’dakdek ko’radigan ONAngga shunaqa qilasanmi"¦ deyishni o’rniga, indamasdangina kirib, ovqatlarni suzib chiqdingiz, yana o’sha yuzda tabassum, ko’tarinki kayfiyat bilan: "œQizim, o’qishing yaxshi o’tdimi? Charchab qolmadingmi?".. "œYo’q, ona, hammasi yaxshi rahmat, juda charchadim, shundoq ovqatni yeymanu uxlayman". Tamom!!! Bir kunlik xavotir evaziga topganingiz mana shu 2 kalima so’z bo’ldi, xolos.. Ehh, onajonima, shundayam kulib turdingiz: "œXo’p,qizim, ovqatlanib, uxla,damingni ol, ertaga yana o’qishga borishing kerak"¦". Shunday suhbat (agar buni suhbat deyish mumkin bo’lsa) asnosida kechki ovqat ham tanovul qilindi. Men esa aytganim — uxlashga chog’lanaman"¦ Yotibman mana, miyada har xil xayol, fikr — diplom ishimni yozish kerak, testni yodlashim kerak, dugonam bozor chiqamiz degandi, unga vaqt topish kerak, shuncha ishga qanaqa ulguraman"¦ Shu xayollar bilan uxlab qolganimni ham bilmay qolaman ba’zan"¦
"œTuraqol, qizim, tur, o’qishga kechga qolasan. Ovqatingni tayyorlab qo’ydim, darrov yuvinib kel, aks holda nonushtaga ulgurmaysan bo’talog’im".
Erinibgina bosh ko’taraman"¦ Yana o’sha — o’sha kundalik turmushg davom etaveradi"¦ Ularda bir umumiylik bor — ONAJONIM menga hamma vaqt, hamisha mehribon, men — bebosh farzand esa"¦ Go'zal Ahliddin qizi