Davom ettiring!!!  ( 208941 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 35 36 37 38 39 40 41 42 43 44 45 ... 62 B


Muslimа  09 Noyabr 2007, 12:13:02

Kitob — mashg’ullik paytingda o’zi so’z boshlamaydigan, ish vaqtingda chaqirmaydigan suhbatdoshdir. Unga chiroyli ko’rinishing shart emas. Kitob — senga laganbardorlik qilmaydigan o’rtoq, seni aldamaydigan do’st, malol kelmaydigan yo’ldosh va tahqirlamaydigan nasihatgo’ydir.

Ahmad ibn Ismoil

Qayd etilgan


shoir  09 Noyabr 2007, 12:16:33

Rishtakim, muhlik yaram og'zig'a tiktim angladim,
Kim kafan jinsi qirog'idin suvurgan tor emish.

Ko'yi devoridin og'riq tang'a tushgan soyadek,
Sel g'amidin emdi soya o'rnig'a dildor emish.

Alisher Navoiy

Qayd etilgan


Basharbek TURKISTANI  09 Noyabr 2007, 13:49:31

"Va ovozingni pasaytir. Chunki ovozlarning eng yomoni eshakning ovozidir" ("Luqmon" surasi, 19-oyat)

Qayd etilgan


AbdulAziz  10 Noyabr 2007, 07:13:15

Rasulullohdan (sollallohu alayhi vasallam) rivoyat: "Kimki menga juma kunida yuz marta salovot aytsa, qiyomat kunida u shunday nur bilan keladiki, agar o‘sha nur mahshargohdagi xaloyiq orasida taqsimlansa, ularning hammasiga yetadi".

Qayd etilgan


Muslimа  10 Noyabr 2007, 09:41:03

Iymon — ko’rolmaganimizga ishonmoq, bu iymonning mokofoti esa, ishonganlarimzni ko’rishligimizdir.

Avgustin

Qayd etilgan


AL_laziz87  12 Noyabr 2007, 18:33:36

Vatan menga nima berdi deb emas, men vatanga nima berdim deb yashash kerak

Qayd etilgan


JaviK  12 Noyabr 2007, 23:24:01

kuch adolatdadir

Qayd etilgan


AL_laziz87  13 Noyabr 2007, 14:55:43

Ilmi but insonning iymoni but. Beshikdan to qabrgacha ilm izlash kerak

Qayd etilgan


Fantomas  13 Noyabr 2007, 16:52:25

Ko`ra-bila tasodifan qilgan, bilib turib, shuur bilan bajargan kishi qadar muvaffaqiyatga erisha olmagani kabi, bila turib va his etgan holda qilgan kishi, ruhning buyrug`i ila bajargan qadar yutuqqa muvaffaq bo`la olmaydi.

Qayd etilgan


Muslimа  14 Noyabr 2007, 11:50:02

Inson bolasining ming bir qusurlaridan biri shulki, u o‘zining qusurlaridan ko‘ra begona kimsaning qusurlarini sanashni afzal ko‘radi.

Jon Milton

Qayd etilgan