Forumdoshlar, ba'zi mavzularga odam kirishga ham o'ylanib qolmoqda. Bekorchi gaplarni nima keragi bor, undan ko'ra bizga omonat qilib berilgan vaqtdan unumli foydalansak bo'lmaydimi???
Iltimos post qoldirishda ozgina tafakkur qilaylik!
Bundan tashqari admin mehnatini ham o'ylaylik, har kimni postini o'qib chiqib, tahrir qilish yoki o'chirish ko'p vaqtni oladi.
Ziyouz.com o'zbek tilidagi eng boy saytlardan biri. Sevimli kitoblarimizni elektron varianti,
foydali maqolalar, diniy, ilmiy, badiiy kitoblar...
Shuningdek forumda xam foydali maqolalar forumni saviyasini ko'tarsa, foydasiz postlar forumni saviyasi tushirib boraveradi..
Aksari xollarda boshqa forumlarda bunday postlar uchun alohida bo'lim bolsa, ziyouzni ko'pgina bo'limlarida bunday mavzuni topish mumkin..
Bekorchi post mualliflari forum adminini mexnatlarini qadrlasalar bo'lardi..